Sinxron mashina — aylanish tezligi (n) oʻzgarmas boʻlib, stator toʻkining chastotasi nisbat orqali bogʻliq boʻlgan oʻzgaruvchan toʻk mashinasi sinxron mashina deb ataladi.

Stator va rotor sinxron mashinaning asosiy qismlari hisoblanadi.

Statorning oʻzagi o'zaro izolatsiyalangan elektrotehnik poʻlat yaproqchalardan yegʻilgan boʻlib, silindrsimon yahlit korpusning ichki qismidagi pazlarga uch fazali oʻzgaruvchan toʻk choʻlgʻamlari joylashtiriladi.

Sinxron mashinalar elektr generatorlari, dvigetellari va reaktiv quvvat kompensatorlari sifatida ishlatiladi. Barcha elektr mashinalari kabi ular ham qaytuvchanlik husuiyatlariga ega. Sinxron mashinalar, asosan, barcha elektr stansiyalarida quvvati 800 kVa (kilovatt) va undan ortiq boʻlgan generatorlar oʻrnatilgan. Gidravlik elektr stansiyalaridagi generatorlarning quvvati birmuncha kam boʻlib, 500 — 600 kVa ni tashkil etadi. Atom elektr stansiyalarida esa bitta blokning quvvati 1.5 ming MVA(Megavoltamper — transformator elektr toki kuch birligi)ga yetadi.

Mashina oʻqiga mahkamlangan kontakt halqalariga rotor choʻlgʻamining ikki uchi mahkamlangan boʻlib, halqalar sirtida qoʻzgʻalmas toʻk oʻlchovi choʻtkalar sirpanadi. Rotor uchun doimiy tok manbai sifatida quvvati uncha katta boʻlmagan oʻzgarmas tok generatori — uygʻotgich ishlatiladi. Odatda, uygʻotgichning quvvati sinxron mashina quvvatining(1-3)% ini tashkil etadi. Ayrim hollarda sinxron generator hosil qilgan tokni toʻgʻirlash yoʻli bilan doimiy toʻk hosil qilinadi.

Adabiyotlar

tahrir

Elektrotehnika va elektronika asoslari. Toshken