Sinxroniya (yun. synchronos bir vaqtli, bir davrli) — 1) bir vaqtning oʻzida mavjud boʻlgan, oʻzaro boglik, va alokador unsurlar tizimi boʻlgan tilning (yoki boshqa biror ijtimoiygumanitar fanning) muayyan rivojlanish davridagi holati; til rivojlanishi jarayonida muayyan oʻzgarishlarning mavjudligi yoki ularning ahamiyatsiz ekanligi belgisi asosida ajratilgan davr; 2) tilni koʻrsatilgan holagda, yaʼni davr, vaqt omili va lisoniy oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlmagan holda tekshiriladigan aniq munosabatlar tizimi sifatida oʻrganish. S. yordamida tilning nafaqat xoz. davri, balki oʻtmishdagi davrlari ham alohida oʻrganilishi mumkin. Mac, oʻzbek adabiy tilidagi unlilar tizimini 15-asrning yoki 20-asrning oʻzidagi ahvolini alohida, birbiriga qiyoslamay tadqiq etish S.dir.

S. tushunchasi diaxroniya tushunchasi bilan birga, unga qaramaqarshi qoʻyilgan holda fransuz tilshunosi F.de Sossyur tomonidan fanga kiritilgan. Bu tushunchalarning Sossyur boʻyicha oʻzaro farqlanishi, birbiridan ajratilishi statika bilan dinamikaning , til bilan nutqning , sistemalilik bilan sistemasizlikning , fonetika bilan grammatikaning qaramaqarshi qoʻyilishiga muvofiq boʻladi. Lekin modomiki til oʻz tabiatiga koʻra, doim harakatdagi, oʻzgarishdagi obʼyekt sifatida tavsiflanar ekan, dinamika tilning har qanday mavjudlik davrida, jumladan, S.da tilning ajralmas qismi boʻlib qoladi, binobarin, S.da diaxroniya unsurlari ham uchrashi mumkin.