Siqiluvchanlik — har tomonidan taʼsir etuvchi kuchlar taʼsirida modda (gaz, suyuqlik va qattiq jism)ning oʻz hajmini oʻzgartirish xususiyati. Tabiatda mavjud moddalarning barchasi S xususiyatiga ega. Agar moddani qisish natijasida unda kimyoviy, tuzilish va boshqa jihatdan oʻzgarishlar yuz bermasa, tashqi taʼsir toʻxtatilganidan keyin u dastlabki holatiga qaytadi (qaytar S.) Gazlar (bugʻlar) va suyukliklarda S. qaytmas boʻlishi mumkin. Pnevmatik va gidravlik asboblarning ishi ana shu xossaga asoslanadi. Qattiq jismlarda kovaklar, darzlar va tuzilishidagi boshqa nuqsonlar boʻlsa, qaytar S. fakat yuqori bosimda yuz beradi (mas, tog jinslari uchun yuqori bosim — 2 — 5 kbar; 1 kbar = 108 N/m2). S. — moddalarning xossalari ularning atomlararo (molekulalararo) masofalarga bogʻliqligi toʻgʻrisida fikr yuritishga imkon beradigan muhim koʻrsatkich. Issiqlik mashinalarining ishini hisoblashda, kimyoviytexnologik jarayonlar, portlash hodisasi, aero va gidrodinamik effektlar va boshqa hodisalarni oʻrganishda gazlar (bugʻlar), suyuqliklar va qattiq jismlarning S. xossasini bilish juda zarur.