Sira yoki Shiraz (ilmiy nomi: Vitis vinifera 'Syrah') — bu ham sokin, ham spirtli va koʻpikli boʻlgan qizil va pushti vinolarni tayyorlash uchun ishlatiladigan uzum navi[1].

Sira, 11748

Kelib chiqishi tahrir

Siraning kelib chiqishi haqidagi rivoyatlar uning nomining sinonimlaridan biri — Shiraz bilan bogʻlangan[2]. Sheroz, Eronning eng qadimiy shaharlaridan biri (Persepoldan uzoq boʻlmagan Ahamoniylar qarorgohi) boʻlib, u yerda mashhur sharob „Shirazi“ ishlab chiqarilgan[3]. Afsonalarga koʻra, „Sira“ uzumlari Sherozda yetishtirilgan va keyin Rona-Alp mintaqasiga olib ketilgan. Bu rivoyat tarafdorlari „Sira“ „Shiraz“ nomining mahalliy fransuzcha sinonimi ekanligini taʼkidlaydilar.

 
Rona-Alp mintaqasi (Fransiya)

1999-yilda oʻtkazilgan genetik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, Sira va ota navlari (Mondeuse Blanche, Dureza) shimoliy Rona yaqinida joylashgan Fransiyaning janubi-sharqidagi cheklangan hududdan kelib chiqqan[4][5][6][7][8].

Tarqalishi tahrir

Hozirgi kunda bu nav sharob ishlab chiqaruvchi deyarli hamma mamlakatlarda yetishtiriladi. Xususan, u Fransiyaning janubida (Sira nomi ostida), Avstraliyada (Shiraz nomi ostida), Italiyada, AQShda, Janubiy Afrikada, Chilida, Argentinada katta miqdorda yetishtiriladi. Yaxshi yetiladigan va uzoq vaqt saqlanishga bardosh beradigan quyuq, boy rangli vinolar olinadi. Avstraliyada ishlab chiqarilgan sharobning taʼmi Fransiyada yetishtirilgan Sira uzumidan tayyorlangan sharobning taʼmidan biroz farq qiladi[9].

Tavsifi tahrir

Sira — oʻrtacha pishgan qizil va pushti vinolarni ishlab chiqarish uchun texnik uzum navi. Qadimgi uzumzorlar past hosildorlikka ega, bu yaxshi sifatli vino uchun yaxshi sharoitdir[9].

Manbalar tahrir

  1. Karen MacNeil. The Wine Bible. Workman Publishing Company, 2001. ISBN 1-56305-434-5. 
  2. ^ a b Entry on „Shiraz“ in J. Robinson (ed), „The Oxford Companion to Wine“, Third Edition, p. 627, Oxford University Press 2006, ISBN 0-19-860990-6
  3. ^ a b Entry on „Persia“ in J. Robinson (ed), „The Oxford Companion to Wine“, Third Edition, p. 512—513, Oxford University Press 2006, ISBN 0-19-860990-6
  4. Carole Meredith: Origins of Syrah, p. 3-4 in: The Syrah Producers' Club 19 April 2004 — Syrah Worldwide Roma
  5. „Bowers, J.E., Siret, R., Meredith, C.P., This, P. and Boursiquot, J.-.M. 2000. „A single pair of parents proposed for a group of grapevine varieties in Northeast France“, Acta Hort. (ISHS) 528:129-132 (Proceedings of the Seventh International Symposium on Grapevine Genetics and Breeding)“. 2018-yil 1-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyun.
  6. Vouillamoz, J.F. and Grando, M.S. 2006. „Genealogy of wine grape cultivars: 'Pinotʼ is related to 'Syrah'“, Heredity 97:102-110 Quote: „Our data strongly confirmed the 'Syrah' parentage ('Durezaʼ x 'Mondeuse blancheʼ) established by Bowers et al.“
  7. Oz Clark&Margaret Rand. Oz Clarke's Encyclopedia of Grapes. Hardcourt,inc, 2001 — g 247 bet. ISBN 0-15-100714-4. 
  8. Entry on "Syrah" in J. Robinson (ed), "The Oxford Companion to Wine", Third Edition, p. 676—677, Oxford University Press 2006, ISBN 0-19-860990-6
  9. 9,0 9,1 „Сира (Syra, Sirah)“. 2012-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 6-mart.

Havolalar tahrir