Sirkoniy qotishmalari - sirkoniy asosidagi qotishmalar. Sirkoniyni baʼzi elementlar (niobiy Nb, qalay Sn, temir Fe, xrom Cr, nikel Ni, mis Si va alyuminiy Mr) bilan legirlab olinadi. Bu elementlar Sirkoniy qotishmalari tarkibida 2—3% ni tashkil qiladi. S.ga legirlovchi elementlar qoʻshilganda uning puxtaligi ortadi, lekin plastikligi kamayadi. Mas, sirkoniyning mustahkamlik chegarasi sb=800—1000 MN/m2 (80—100 kG/mm2), nisbiy uzay-ishi a=3—5% boʻlgan qotishmalari maʼlum. Sirkoniy qotishmalarining 0,5—1% qalay, 0,2% temir, 0,3% nikel va qolgani sirkoniydan iborat boʻlgan turi sirkalloy, 0,3% qalay, 0,1% nikel, 0,1% niobiy va qolgani sirkoniydan iborat boʻlgani ojennit deb ataladi. Sirkoniyning suyuqlanish temperaturasi yuqori (1852°) boʻlishiga qaramay, baʼzi Sirkoniy qotishmalari uncha issiqbardosh boʻlmaydi va amalda 400° dan yuqori boʻlmagan bugʻsuvli muhitlarda ishlatish uchun yaraydi. Sirkoniy qotishmalari yadro energetikasida, kimyoviy apparatlar tayyorlashda, jarroxlik va boshqa sohalarda qoʻllanadi.