Siroj Ziyamov — Sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.

Siroj Ziyamov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1910-yil
Тoshkent
Vafoti Aniq emas
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

Ziyamov Siroj 1910-yilda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. 1939-yildan KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.

Ziyamov 1929-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1929—1946-yillarda ishchi, seh mexanigi, ,,Tashselmash" zavodi partiya qoʻmitasi kotibi, Toshkent shahar Oʻzbekiston Kompartiyasi Lenin okrug qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Oʻzbekiston okrug qoʻmitasining birinchi kotibi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek,  Ziyamov Siroj Oʻzbekiston Kompartiyasi Toshkent shahar qoʻmitasining kadrlar boʻyicha kotibi, Oʻzbekiston Kompartiyasi Qoʻqon shahar qoʻmitasining birinchi kotibi, Oʻzbekiston SSR savdo vaziri va Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti ijrochi direktori hamda Oʻzbekiston SSR kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimlarida ham ishlagan.

Ziyamov Siroj Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 3-, 4-, 5-, 6-, 7- va 8-chaqiriqlari deputati etib saylangan.

Davlat va siyosat arbobi Ziyamov 1980-yildan keyin vafot etgan.

Havolalar tahrir