Sirojiddin Zaynobiddinov

oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor

Sirojiddin Zaynobiddinov (1945-yil 22-dekabr, Buloqboshi tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi.

Sirojiddin Zaynobiddinov
Tavalludi 22-dekabr 1945-yil (1945-12-22) (78 yosh)
Buloqboshi tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Andijon davlat universiteti
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi fizika-matematika fanlari doktori
Ilmiy unvoni akademik

Biografiyasi

tahrir

Sirojiddin Zaynobiddinov 1945-yil 22-dekabr Buloqboshi tumani Andijon shaharchasida tugʻilgan[1]. 1963—1968-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetini yarimoʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 1996—2006-yillarda Andijon davlat universitetining rektori, 1992—2011-yillarda Oʻzbekiston fizika jamiyati raisi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Andijon-Namangan ilmiy markazining rahbari lavozimida faoliyat yuritgan[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Sirojiddin Zaynobiddinov ilmiy rahbarlari professorlar A.Teshaboyev, M. K. Baxodirxonov, B. I. Boltaks, V. I. Fistullarning yordam va hamkorliklari bilan kompensirlangan kremniy olish texnologiyasini yaratish, kremniydagi kirishma atomlari va nuqsonlarning xossalarini oʻrganish, ularni tashqi taʼsirlar yordamida boshqarish, legirlangan kremniy va undan yasalgan elektron asboblarning funksional xususiyatlarini oʻrganish va amalga tatbiq etish boʻyicha yirik tadqiqotlar olib bordi hamda salmoqli yutuqlarga erishdi[1]. „Kremniyda chuqur sathlar hosil boʻlishi fizikasi“, „Kremniyda nuqsonlar hosil boʻlishi“, „Kremniyni neytron transmutatsiyasi yoʻli bilan legirlash“ kabi risolalar, „Qattiq jismlar fizikasi“, „Yarimoʻtkazgichlarda fotoelektrik hodisalar“, „Yarimoʻtkazgichlar fizikasi“, „Yarimoʻtkazgichli asboblar fizikasi“, „Yarimoʻtkazgichlar va yarimoʻtkazgichli asboblar texnologiyasi“, „Nanozarralar fizikasi, kamyosi va texnologiyalari“, „Elektron texnikasi moddalari“, „Nanotexnologiyalar va mikroelektronikadan inglizcha — ruscha — oʻzbekcha lugʻat“, „Yarimoʻtkazgichli nanotuzilmalar“, „Yarimoʻtkazgichli materiallar va asboblar fizikasidan laboratoriya mashgʻulotlari“, „Obyomniye skopleniya atomov metallicheskix primesey v poluprovodnikax“ kabi darslik va qoʻllanmalar muallifi. 1977-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi, 1987-yilda fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureti. Xalqaro Oliy ta’lim fanlar akademiyasi (Rossiya) hamda Xalqaro ta’lim, fan, texnika va san’at akademiyasi (AQSh) aʼzosi. 2017-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi[2][1].

Manbalar

tahrir