Sirojiddin Sayyid (asl ism-sharifi Saidov Sirojiddin Salohovich, 1958-yil 30-oktabr, Sariosiyo tumani Kundajuvoz qishlogʻi) – shoir.

Sirojiddin Sayyid
Saidov Sirojiddin Salohivich
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyun 1958-yil (1958-30-10) (65 yosh)
Kundajuvoz qishlogʻi, Sariosiyo tumani, Surxondaryo viloyati
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi UZB
Millati oʻzbek
Siyosiy partiyasi OʻzLiDeP
Kasbi shoir
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Taʼlim

tahrir

1979-yilda Toshkent universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.

Qilgan ishlari

tahrir

„Toshkent oqshomi“ (1980—89), „Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati“ (1989—90; 1991—96) gazetalari va „Mushtum“ jurnalida (1990—91) adabiy xodim, boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruv raisi oʻrinbosari (2001—03), birinchi oʻrinbosari (2003—2018), 2018-yildan Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasining raisi sifatida faoliyat olib boradi.

Siyosiy faoliyati

tahrir

2020-yil 18-yanvarda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirojiddin Saidovni Oliy Majlis Senatori etib tayinlash toʻgʻrisidagi farmonga imzo chekdi[1].

2020-yil 11-sentabrda OʻzLiDeP siyosiy kengashiga tasdiqlandi[2].

Ilk sheʼrlar toʻplami – „Ruhim xaritasi“ (1985). Shundan keyin uning „Salqin harsanglar kaftida“ (1987), „Sevgi mamlakati“ (1989), „Asragil“, „Mehr qolur, muhabbat qolur“ (1990), „Kuydim“ (1994), „Vatanni oʻrganish“ (1996), „Vatan abadiy“ (2001) va boshqa toʻplamlari nashr etilgan. Sirojiddin Sayyid sheʼriyatida oʻzbek mumtoz sheʼriyati anʼanalari bilan birga xalq ogʻzaki ijodiga xos xususiyatlar – xalqchillik, soddalik, tilning shiraligi, Surxondaryo shevasiga xos leksik va musiqiy tovlanishlar yetakchilik qiladi. Shuning uchun uning aksariyat sheʼrlari ashulaga aylangan. Ayni paytda Sirojiddin Sayyid oʻz ijodida oʻzbek sheʼriyatining soʻnggi badiiy yutuqlarini oʻzlashtirgan holda hozirgi voqelikda va kishilarning ruhiy olamida yuz berayotgan oʻzgarishlarni aks ettirmoqda.

Mukofoti

tahrir
  • 1999-yilda „Doʻstlik“ ordeni
  • 2006-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi xalq shoiri“[3].
  • 2021-yilda „Mehnat shuxrati“ ordeni[4] bilan mukofotlangan.

Manbalar

tahrir
  1. „О назначении членов Сената Олий Мажлиса Республики Узбекистан“ (ru). president.uz. 2021-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-may.
  2. „Члены Политического Совета УзЛиДеП“. O'zLiDeP. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-may.
  3. „О награждении в связи с пятнадцатилетием независимости республики Узбекистан, группы работников науки, образования, здравоохранения, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер“ (русский). 2021-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.
  4. „Указ Президента Республики Узбекистан от 24 августа 2021 года «О награждении в связи с тридцатилетием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, спорта, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации»“. 2021-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-avgust.