Burhon Hasanovich Sirojiddinov (1917.24.12, Konibodom 1994.9.4, Toshkent) — general-leytenant (1982). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi (1990). 1939-yildan armiya safida. Frunze (hozirgi Bishkek) ped. institutini (1939), Moskvadagi harbiy intni (1953) tugatgan. Ikkinchi jahon urushida Markaziy, Gʻarbiy, Belorussiya, 2-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Toshkentda joylashgan artilleriya bilim yurtida oʻqituvchi (1946—49). Oʻzbekiston mahalliy havo hujumidan himoya qilish xizmati shtabi boshligʻi (1953— 60). Ichki ishlar vazirligi ichki qoʻshinlarida diviziya komandiri (1960—79), Ichki ishlar vazirligi oliy harbiy kursi boshligʻi (1985—89). Urush faxriylari Toshkent shoʻbasi raisi (1989-yildan).

Burhon Sirojiddinov
Tavalludi 24-dekabr 1917-yil
Vafoti 9-aprel 1994-yil(1994-04-09)
(76 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Manbalar tahrir