Sirt (yuza)
Sirt (turkiy) — 1) Tyanshan toglaridagi 3500–4000 m balandlikda joylashgan yuzasi tekis yoki salgina toʻlqinsimon yuza. Qad. muzliklar qoldirgan morena tepaliklari hisobiga toʻlqinsimon relyefga ega. S. togʻlarning mezozoy davrida tekislanishi, keyingi davrlarda tektonik harakatlar natijasida koʻtarilishi oqibatida yuzaga kelgan. Sirtlar yuzasi keng va yassi dare vodiylari bilan kesilgan. Landshafta baland togʻ dashti, sovuq choʻllar va alp oʻtloklaridan iborat. Doimiy muzloq yerlar ham bor. Iklimi salqin, yozgi yaylov sifatida foydalaniladi; 2) Volga daryosi va Ural togʻlari oraligʻidagi yer yuzasi salgina oʻydimchuqur keng suvayirgichlar. Mas, Yalpi Sirt, Oʻrta Sirt va boshqa
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |