Sisterna
Sisterna (lot. — suv havzasi, hovuz) — suyukliklar, suyultirilgan gazlar, toʻkiladigan mahsulotlar (neft mahsulotlari, sut, un, sement va boshqalar) ni saqlash yoki tashish uchun moʻljallangan sunʼiy berk idish. Beton, temir-beton, poʻlat, alyuminiy qotishmalari va boshqa materiallardan yasaladi. S.ning muqim (statsionar), Kuchma, yer ustiga oʻrnatiladigan yoki yer tagiga koʻmiladigan turlari bor. S. unda saqlanayotgan yoki tashilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilib turish uchun moʻljallangan asboblar, mahsulotlarni kuyish yoki boʻshatish qurilmalari bilan jihozlanadi. Kuchma S. avtomobillar, traktorlar, temir yoʻl vagonlarida olib yurilishi mumkin.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |