Sitar — udga oʻxshash chertib chalinadigan torli cholgʻu asbobi[1], hind klassik musiqasini ijro etish uchun ishlatiladi.

Sitarda 7 ta asosiy tor mavjud (beshta melodik va 2 ta burdon). Bundan tashqari, sitarda, taraf (orkestr) deb ataluvchi, yana 9-13 ta jarangdor torlar ham mavjud. Sado beruvchi torlar, asosiylarining tovushlariga javoban, sitarni boshqa asboblardan ajratib turadigan oʻziga xos tovushni yaratadi. Tovushlar koʻrsatkich barmogʻiga taqiladigan " mizrab " deb nomlangan maxsus mediator yordamida chiqariladi.

Nomi, ehtimol, Sharqning koʻplab torli cholgʻu asboblarining avlodi boʻlgan forscha " setar " dan olingan. Sitar Hindistonda XIII asrda musulmonlar taʼsiri kuchaygan davrda paydo boʻlgan va dastlab oʻzining yaqin qarindoshi tojik setoriga oʻxshab ketgan, ammo u uch torli boʻlgan(se uch degani). Sitarda ikkita qovoq rezonatori mavjud: ichi boʻsh grifning pastki va yuqori qismida, qopqogʻi palisandr va fil suyagi bilan bezatilgan, metall yoysimon ladalardan tashkil topgan.

Sitar paydo boʻlgunga qadar Hindiston xalqlari qadimiy torli cholgʻu asbobini chalishgan, uning tasvirlari eramizning 2—3-asrlariga oid qadimiy barelyeflarda saqlanib qolgan (qarang: vino).

Rok musiqasida birinchi marta sitorni Jorj Xarrison tomonidan 1965-yilda yozib olingan The Beatles Rubber Soul albomida " Norwegian Wood (This Bird Has Flown) " qoʻshigʻida ishlatgan.

Taniqli sitaristlarTahrirlash

  • Ravi Shankar
  • Anushka Shankar
  • Musharaff Xan
  • Jorj Xarrison
  • Chxote Raximat Xan
  • Robbi van Leuven


Shuningdek qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. БРЭ 2015.

AdabiyotlarTahrirlash

  • Ситар // Большая российская энциклопедия. Том 30. — M., 2015. — С. 305.

HavolalarTahrirlash