Sitaram Kesari
Sitaram Kesari
Hindiston milliy kongresining a'zosi | |
faoliyati : 1996-1998 | |
Tug'ilgan | 1919-yil Hindiston |
---|---|
Vafot etgan | 24 oktabr 2000-yil, new-delhi, india |
Siyosiy faoliyati | Hindiston milliy kongresining g'aznachisi |
Dini | Hindu |
Sitaram Kesari (1919-yil noyabr sanasida tavallud topgan - 2000 yil 24 oktyabr) [1] hind siyosatchisi va 1996-yildan 1998-yilgacha Ittifoq vaziri va Hindiston Milliy Kongressining prezidenti bo'lgan.
Yoshlik
tahrirKesari o'zining siyosiy faoliyatini 13 yoshdaligidayoq boshlagan va Hindistonning Hindiston mustaqillik harakatlarida qatnasha boshladi. Kesari 1930-yildan 1942-yilgacha siyosiy faoliyati uchun bir necha marta hibsga olingan. U 1973-yilda Bihar Kongressi qo'mitasi prezidenti va 1980-yilda Butun Hindiston Kongressi qo'mitasi tomonidan g'aznachi etib saylangan. [2]
Kesari 1967-yilda Kongress partiyasidan nomzod sifatida Katihar Lok Sabha saylov okrugidan parlament a'zosi etib saylangan. U 1971-yil iyulidan 2000-yil apreligacha besh muddat davomida Biharni Rajya Sabhada vakillik qilgan va 1974-yil aprel, 1980-yil iyul, 1988-yil aprel hamda, 1994-yil aprel oylarida qayta saylangan.
Kesri umrining qariyb o'n yilini kongressning g'aznachisi sifatida olib borgan faoliyati uchun sarflagan. Bundan tashqari, u 1997-yil 3 yanvarda bir ovozdan Kongress prezidenti etib saylandi. 1996-yil sentyabr oyida PV Narasimha Rao Kongress prezidenti lavozimini tark etgach, Kesari partiya prezidenti etib saylandi.
Adabiyotlar
tahrir- ↑ Profile of Sitaram Kesri
- ↑ „Sitaram Kesri: President – Indian National Congress“. Congress Sandesh. 30 अक्तूबर 2012da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 अक्तूबर 2017.