Sitosporoz
Sitosporoz — mevali va oʻrmon daraxtlarining kurib qolish kasalligi. Asosan, yosh danakli meva daraxtlari (oʻrik, shaftoli) zararlanadi. Cytospora turkumiga mansub zamburugʻlar qoʻzgʻatadi. Danakli meva daraxtlarining sovuq taʼsirida yoki notoʻgʻri parvarish tufayli zararlangan tanasi va yoʻgʻon shoxlarining poʻstlogʻida kasallik qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar oʻrnashib oladi va poʻstloqning zamburugʻ mitseliylari zararlagan joylaridan oʻsimlik shirasi okib chikadi, natijada daraxtlar soʻliydi va qurib qoladi. Kurash choralari: koʻchatlarni toʻgʻri ekish, qurigan shox va daraxtlarni kesib tashlash; daraxtlarni mexanik va termik shikastlanishdan himoya qilish; danakli meva daraxtlariga erta bahorda 1—2% li bordo suyukligi, mis kuporosi, temir kuporosi eritmasini purkash.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |