Sitotomiya
Sitotomiya (sito... va yun. tome — ayirish, kesish), sitokinez — mitoz yoki meyoz telofazasida ona hujayraning ikki qizlik hujayraga ajralishi. Koʻpchilik oʻsimlik hujayralarida S. sitoplazma oʻrtasida toʻsiq shakllanishi orqali sodir boʻladi. Toʻsiq asta-sekin yon tomonga oʻsib, hujayrani teng ikkiga ajratadi. Hayvon va ayrim oʻsimlik hujayralarida S. hujayra belbogʻi hrsil boʻladi. Baʼzi organlar (mas, jigar, yirik bezlar) hujayralarida S. sodir boʻlmas-ligi tufayli ikki yadroli hujayralar vujudga keladi. Koʻndalangtargʻil muskullarning koʻp yadroli hujayralari — simplastlar xuddi shu yoʻl bilan hosil boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |