Siydik yo'llari infeksiyasi
Siydik yoʻllari infeksiyasi (SYI)[1] –siydik yoʻllariga bakteriyalarning tushishiga javoban uroteliyning yalligʻlanish reaksiyasi boʻlib, bu bakteriuriya va leykotsituriya (piuriya) bilan namoyon boʻlad
Siydik yo'llari infeksiyasi | |
---|---|
Fayl:250px | |
KXK-10 | N 39[2] |
Bakteriuriya
tahrirBakteriuriya[3] – bakteriyalarning siydikda mavjud boʻlishidir. Biror – bir klinik belgilarsiz kechadigan bakteriuriyaga – simptomsiz bakteriuriya deyiladi. Agar 1ml siydikdagi bakteriyalarning soni 100.000 (105) ga teng yoki undan koʻp boʻlsa, ahamiyatga ega bakteriuriya deyiladi. Bakteriyalarning soni 1ml siydikda 100.000 dan kam boʻlsa bu ahamiyatsiz bakteriuriya hisoblanib, bunga kontaminatsiya (ifloslanish) sabab boʻlishi, yaʼni siydikni tekshirishga olish paytida unga tashqi muhitdan (bemor kiyimi, qoʻli, steril boʻlmagan idishga siydik yigʻish va b.) bakteriyalarning tushishidan chiqishi mumkin.
SYI ning patogenetik tasnifi (Stamey, 1980)
tahrirBirlamchi infeksiya
tahrirBu SYI tashxisini birinchi marta xujjatlarda qayd qilinishi.[4]
Tugallanmagan bakteriuriya
tahrirSYI ni davolash davomida siydik yoʻllari steril holatga kelmaydi. Davolash davomida yoki davolashdan keyin darhol olingan ekma davolash natijasida infeksiyaning qoʻzgʻatuvchisini butunlay bartaraf qilinmaganligini (hatto ularning soni kamaygan boʻlsada) koʻrsatadi. Tugallanmagan bakteriuriyaning asosiy sabablari quyidagilardir:
1. Davolash uchun tanlab olingan dori moddalariga bakteriyalarning chidamliligi.
2. Bemorning davolashga bardosh bera olmasligi.
3. Avvaldan antibiotiklarga sezgir boʻlgan bakteriyalarda chidamlilikning rivojlanishi.
4. Har xil antimikrob sezgirlikka ega boʻlgan, turli –tuman bakterial shtammlarga ega boʻlgan aralash infeksiya.
5. Dastlabki davolash davomida sezgir mikroorganizmlarga qarshi chidamli shtammli yangi infeksiyaning tezda qayta paydo boʻlishi.
6. Buyrak yetishmovchiligi (azotemiya).
7. Ogʻir infeksiya hamrox boʻlganda katta marjonsimon toshlarning borligi.
Bakterial persistensiya
tahrirSYI ni davolash natijasida siydik steril holatga qaytadi, ammo siydik yoʻllari bilan kontaktda boʻlgan infeksiya oʻchogʻi mavjudligi sababli, siydik yoʻllari maʼlum vaqtdan soʻng yana nosteril holatga keladi. Bu holatni reinfeksiyadan farqlash lozim[5]. Bakterial persistensiyada qayta olingan siydik bakteriologik ekmasida, avvaldan mavjud boʻlgan bakteriya shtammi aniqlanadi. Bakteriyalar persistensiyasining baʼzi bir sabablari:
1. Infeksiyalangan toshlar.
2. Surunkali bakterial prostatit.
3. Atrofiyaga uchragan yagona infeksiyalangan buyrak.
4. Qovuq–qin va qovuq–ichak oqmalari.
5. Obstruktiv uropatiya.
6. Infeksiyalangan kosacha–jom divertikullari.
7. Piyelonefrit yoki pionefroz tufayli nefrektomiya qilingandan keyin siydik nayining infeksiyalangan choʻltogʻi.
8. Papillyar nekroz oqibatida nekrozga uchragan infeksiyalangan buyrak soʻrgʻichlari.
9. Infeksiyalangan uraxus kistasi.
10. Infeksiyalangan medullyar gubkasimon buyrak.
11. Yot jism.
Reinfeksiya
tahrirSYI dan butunlay sogʻaygandan soʻng, qoʻzgʻatuvchilarning siydik yoʻllariga qaytadan tushishi (asosan uretradan yuqoriga koʻtariluvchi yoʻl bilan) bilan sodir boʻladi[6].
Siydik yoʻllari infeksiyasining zamonaviy tasnifi
tahrir(Guidelines on Urinary Tract infection, Naber K.G et al. 2009)[7]
SYI ning lokalizatsiyasiga koʻra piyelonefrit, ureterit, sistit, prostatit, prostatovezikulit, uretrit, funikulit, epididimit yoki orxitga tasniflanishi mumkin. Lekin siydik yoʻllarining har xil boʻlimlari va jinsiy aʼzolar bir–biri bilan bakteriyalar orqali aloqada boʻlishi tufayli bitta boʻlimda boʻlgan bakteriyalar boshqa boʻlimda topilishi mumkin. SYI va erkaklar tanosil aʼzolari infeksiyasi klinik simptomlari boʻyicha tasniflanadi:
- Pastki siydik yoʻllarining asoratlanmagan infeksiyasi (sistitlar).
- Asoratlanmagan piyelonefrit.
- Asoratlangan SYI piyelonefrit bilan yoki piyelonefritsiz.
- Urosepsis.
- Uretritlar.
- Alohida turlari: prostatitlar, epididimit va orxit.
Asoratlanmagan SYI
tahrirBuyraklar yoki qovuqdan siydik oqimining buzilishi, buyraklar va siydik yoʻllarida biror–bir strukturali oʻzgarishlar hamda jiddiy yondosh kasalliklar mavjud boʻlmagan fonda siydik yoʻllari infeksiyasi rivojlanishidir.
Asoratlangan SYI
tahrirSiydik-tanosil aʼzolarida biror–bir funksional yoki anatomik oʻzgarishlar mavjudligi bilan yoki infeksiyaning siydik yoʻllariga tushishini osonlashtiradigan kasalliklar borligi yoki samarali davolashni qiyinlashtiradigan holatlar mavjud boʻlganda siydik yoʻllari infeksiyasining rivojlanishidir. Hozirgi kunda SYI ning asoratli kechishini oldindan taʼminlaydigan bir nechta omillar ajratilgan:
- Erkak jinsi
- Qarilik
- Kasalxona ichidagi infeksiya
- Homladorlik
- Siydik kateterining uzoq turishi
- Siydik yoʻllariga yaqinda oʻtkazilgan operatsiyalar
- Siydik yoʻllarining funksional va anatomik anomaliyalari
- Yaqin kunlada qabul qilingan antibakterial dorilar
- Simptomlarning 7 kundan koʻp mavjud boʻlishi
- Qandli diabet
- Immunosupressiya
Asosiy infeksion sindromlarni ta'riflash
tahrir(Smith,s General Urology)[8]
Ayollardagi o'tkir uretral sindrom
tahrirQovuq yoki uretradagi har xil simptomlar bilan kechadigan dizuriya va tez–tez siyish, siydikni ekkanda bakteriyalarning “oʻsishi yoʻqligi” yoki ularning indeksi pastligi bilan xarakterlanadi. Baʼzan vaginit bilan birga qoʻshilib keladi. Ularning qoʻzgʻatuvchilari bakteriya yoki xlamidiya boʻlishi mumkin[9].
O'tkir urtetrit (erkaklarda)
tahrirUretradan ajralma (yiringli yoki shilliq) kelishi bilan kuzatiladi. Buning eng koʻp sababi jinsiy yoʻllar bilan yuqadigan kasalliklar (gonokokklar, xlamidiya yoki ureaplazma) boʻladi[10].
O'tkir pielonefrit
tahrirQaltirash va tana haroratining koʻtarilishi, buyrak soxasida ogʻriq, siyishning buzilishi simptomlari bilan kuzatiladi. Odatda, bir tomonlama boʻladi, koʻpincha bakteriyemiya bilan kuzatiladi. Bakteriuriya (100.000 KHB/ml koʻp yoki teng) va piuriya bilan xarakterlanadi[11].
O'tkir prostatit
tahrirQaltirash va tana xaroratining koʻtarilishi har xil darajada namoyon boʻladigan siyishning irritativ va obstruktiv buzilishlari bilan kuzatiladi. Prostata bezining qattiqlashishi va shishi bilan xarakterlanadi[12]. Prostata bezidan yiringli ajralma kelishi kuzatiladi. Koʻpincha bakteriuriya, baʼzan bakteriyemiya birga qoʻshilishi sodir boʻladi.
Ayollarda chanoq aʼzolarining oʻtkir yalligʻlanish kasalliklari
tahrirQindan va bachadon boʻyinchasidan yuqoriga koʻtariluvchi infeksiya ichki jinsiy aʼzolarga (bachadon, bachadon naylari, tuxumdonlarga) kirishi, qaltirash va isitma koʻtarilishi, chanoqdagi ogʻriq bilan xarakterlanadi va qin ajralmasida oʻzgarish borligi koʻpincha SYI bilan birga qoʻshilib uchraydi. Etilogik omili koʻpincha N. Gonorrhoeae yoki gonokokksiz infeksiya (aeroblar yoki anaeroblar, C. Trochomatis) boʻladi.
O'tkir epididtmit
tahrirBitta yoki ikkala moyak ortiqlarining ogʻriqli shishi, isitma va dizuriyaning har xil koʻrinishlari, piuriya bilan kuzatiladi. Yosh erkaklarda bu, odatda, jinsiy aloqadan keyin uretrit bilan (qoʻgʻatuvchisi N. Gonorrhoeae yoki C. Trachmatis); kattaroq yoshlarda esa bu, odatda, prostatit bilan (qoʻzgʻatuvchisi – ichak tayoqchasi) boʻladi[13].
Asimptomatik bakteriuriya
tahrirSYI simptomlari boʻlmaganda bakteriyalarning soni 1ml siydikda 100.000 koloniyadan koʻp yoki teng boʻladi. Buni siydikni tahlil uchun olishda jinsiy aʼzolarga toʻliq aspetik ishlov berilmasligi bilan kelib chiqadigan uretradagi yoki qindagi floralar bilan ifloslanishidan (kontaminatsiyadan) farqlash zarur[14].
Surunkali SYI
tahrirBu noaniq tushuncha boʻlib persistensiyalanuvchi yoki qaytalanuvchi infeksiya borligini anglatadi.
Surunkali prostatit
tahrirBu noaniq tushuncha boʻlib, oʻz tarkibiga sindromlar variantlarini va har xil klinik variantlarning kechishini qamrab oladi: surunkali bakterial prostatit, surunkali abakterial prostatit, prostatodiniya, ular oʻz navbatida har xil sindromlarni va har xil klinik namoyon boʻlishni qamrab oladi[15].
Surunkali pielonefrit
tahrirBu muddatining davomiyligi bilan xarakterlanadi[16]. Birlamchi tashxislash urogrammada buyrakda chandiqlar borligiga va kosachalarning deformatsiyalanishiga asoslaniladi. Buyrakda persistensiyalangan bakterial infeksiyasi boʻlgan bemorlarda bu buyrak simptomlarining qaytalanishi, bakteriuriya va piuriya bilan kuzatiladi. Shunga qaramasdan, koʻpchilik bemorlarda rentgenologik tekshirish usullari bilan surunkali piyelonefrit aniqlanganda siydikda bakteriyalarning oʻsishi va faol infeksiyaning yoʻqligi aniqlanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJwNyrsNQiEUAFAKWyttHcCYK1H8xcoxbJGHcsM3jwsJE1jqHHbO5gJSnuQYopTPnCuHAZWEMkYXH209Fp5JEgJCKjeHVlJG5BWHBhju2nY28FEZXVuNQ5PZKIPW9E66QUafKPqewemeAmrO2OawF6fdVhwF-71m89X1u3hPnp_pJSz_DLcxtA&src=4906a76&via_page=1&user_type=4a&oqid=a494115b2897a102
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS18_NTtI1NNBLzs_Vz8xLSa3QK8gosC_ITLE1NDYyNmNgMDQzNbYwMTIyNGZ4GntkS4ZF3HHzpz9DnvLkWwAA4ocW-Q&src=248c286&via_page=1&user_type=4a&oqid=a493e91ed6d7a1ca
- ↑ http://dic.academic.ru/
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS189IzSnIzC7Wyy9K1zfXtTCxMDLXyyjJzWFgMDQzNbYwMTI3MGFY6zRD4O-F9jD_vd8E5cqsVABjPhQD&src=41a2d48&via_page=1&user_type=4a&oqid=a494643aefb5aed0
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS1y8oSi1OzSsx1UvOz9UvTszVzc3ULS3Kz8lPz6xM1M0uLSrO1E1JLMvPSSzO0C1L1C3JTErKzNItSE1JTAeqyU7UZ2AwNDM1tjAxNjQ0Ylgfyv7f_-4OLrsFdjnH8mQiAKX3JPs&src=d7da4a&via_page=1&user_type=4a&oqid=a494c9f134c7c1b2
- ↑ http://dic.academic.ru/
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS10_NTU3JTM7MS9UDMoqTEwtS9ZLzc_UTi0oyk3NS9Y2MjQ0NDHXTSzNTUnOAqooZGAzNTI0tTIyNTY0YDlxm5JYLZTFq29V6RI3tzBoA7FUciw&src=45c3abc&via_page=1&user_type=4a&oqid=a49505f28b47fddd
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpsNLXTywqzknMy8lMKkosqtRLzs_VL87NLMko1k1PzUstSszRLS3Kz8lPr9Q1NC_J0E1NySzJzM_TLUhJ02dgMDQzNbYwMTazMGBY8-ylwwQN_QYnDoHtDVUX7QFlyCG1&src=105e454&via_page=1&user_type=4a&oqid=a495583cded7c8d8
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS10_NKSlKzCsuSc3QKyrVzy8uKarM0i0tSgWK5uQBmcWZeSlF-bm6pbpVGal5xRkZmXn6DAyGZqbGFibG5mZGDMZMsxv0TF2nz2J1DjYyeuMGAMlzHs8&src=44bd2e6&via_page=1&user_type=4a&oqid=a4956c60ef97a113
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpsNLXT8nPLskvKs4v1kvOz9WvSkzKz0ktS8zLrEzULy3Kz8lPB7Hyi0uKKrN0S4tSS4oyS_QySnJzGBgMzUyNLUxMDM0tGFJaZ5uf0fe_wso6P0Mq1uo1AEqPIXo&src=2b83e70&via_page=1&user_type=4a&oqid=a495d45fe947ec21
- ↑ http://www.ayzdorov.ru/lechenie_pielonefrit_ostrii.php#:~:text=%D0%9E%D1%81%D1%82%D1%80%D1%8B%D0%B9%20%D0%BF%D0%B8%D0%B5%D0%BB%D0%BE%D0%BD%D0%B5%D1%84%D1%80%D0%B8%D1%82%20%E2%80%93,%D0%BA%D0%BB%D1%83%D0%B1%D0%BE%D1%87%D0%BA%D0%BE%D0%B2%20%D0%B8%20%D1%81%D0%BE%D1%81%D1%83%D0%B4%D0%BE%D0%B2 (Wayback Machine saytida 2022-05-26 sanasida arxivlangan).
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS18_Jz8_OTU1JAlJ6RaX6KZnFqYnFqfoFRfnFJYklmSW6QLqospKBwdDM1NjCxMTYzJBhZ2TQScEV-nVm3He6Jl-fMg0ANzAcWw&src=57b906a&via_page=1&user_type=4a&oqid=a49602329c87cbd4
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS18-tSskvyi_TS87P1U_MSynKz8lPz0zUL8svLkjMSc3LrEzUTy3ITAHC3MwS3VLd3NKqjOSMzDy9jJLcHAYGQzNTYwsTU0NLI4a6-w9uF9yXF19-aYfmob4UewAzUCXS&src=1368b6a&via_page=1&user_type=4a&oqid=a496d1fd6197c8a3
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS1y_OzC0oyc9NLdIrKtVPys9JrcrL1K_KSM0pTclPzsjL183OLM5IBbIqs3RLihKzS_SNjY2MdJOArNSizNKizMpEBgZDM1NjCxNTEwNTBqOfjLsyK9feXH_d88LsVbn-AP2BJ44&src=1b55866&via_page=1&user_type=4a&oqid=a497073bfd75aede
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS1y_Iz8kszk1N0Ssq1S8oyi8uSSzJLMks1i0AMg0MDPUySnJzGBgMzUyNLUxMTQ2MGH53vKiNPtNjc7mdUfIt87X3ANqsG6E&src=317bf26&via_page=1&user_type=4a&oqid=a4971f7b3d07868f
- ↑ https://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS1y_Iz6lMzsnM0ysq1U8sKslMzkkt1s8oys_LTM5ILc7OrNQtyEzNyc9LTSvKLNFnYDA0MzW2MDG3tDRieNRalr8oRCvuApv3_P-dP9YCABXDH9o&src=3582dce&via_page=1&user_type=4a&oqid=a4998df91fc7fcde
Adabiyotlar
tahrir- Лопаткин Н.А. Руководство по урологии. - М.: Медицина, 1998.
- Маждраков Г., Попов Н. Болезни почек. - София: Медицина и физкультура, 1976.
- Тареев Е.М. Внутренние болезни. - М.: Медгиз, 1951.
- Kass E.N. Progress in pyelonephritis. - Pyiladelphia: F.A. Davis, 1965.
- Nosocomial and Health Care Associated Infections in Urology//Health Publication. - Berlin, 2001. - P. 207.