Skapolit (yun. skapos — oʻq, oʻzak, ustun va lithos — tosh) — silikatlar sinfiga mansub minerallar guruhi. Chekka natriyli turi marialit, kalsiyli turi meyonitgacha boʻlgan minerallar seriyasi; uning oraliq aʼzosi dipir (meyonit komponenti 20—50%), mitsionit (50—80%). Asosan, marmar, gneys, slanets togʻ jinslarida, xuddi shuningdek, pnevmotalit jarayonlarda vulkan jinslari boʻshliqdarida, baʼzan kontaktmetasomatik jarayonlarda nordon va ishqorli magmatik jinslarning ohaktosh va dolomitlar bilan tutashgan joylari (skarnlar)da yaxshi kristallangan minerallar shaklida uchraydi. Mazkur guruq minerallari Oʻzbekiston gʻarbidagi Langar konida, Qurama tizmasidagi bimetasomatik skarn jinslarida oʻlchami 3—5 sm gacha uzunlikdagi kristallar xrsil qiladi. Kristallari prizmatik shaklda boʻlib, vulkan jinslarida rangsiz, slanets va ohaktoshlarda kulrang, baʼzan toʻq havo rangdadir. U shishadek yaltiroq, ulanish tekisligi boʻyicha sadafdek tovlanadi. Ushbu guruh minerallari nurash jarayonida oʻzgarib, baʼzan ikkilamchi minerallarga aylanadi. Sdan bezak toshi (glavkolit) sifatida foydalaniladi. Nurash jarayonida Sdan kaolin hosil boʻladi.