Skechers – ayollar, erkaklar va bolalar uchun poyabzal ishlab chiqaruvchi Amerika kompaniyasi. 1992-yilda tashkil etilgan boʻlib, shtab-kvartirasi Manhattan Beachda (Kaliforniya shtati) joylashgan [2]. Hozirda AQShdagi ikkinchi yirik sport oyoq kiyimlari ishlab chiqaruvchi brend hisoblanadi[3]. 2015-yil Skechers uchun moliyaviy nasalalar boʻyicha omadli yil boʻldi, yaʼni brend oʻz mahsulotlari ortidan 3 milliard dollardan ortiq daromad topdi. 2016-yilning yanvar oyi holatiga koʻra, kompaniya butun dunyo boʻylab 9200 dan ortiq kishini ish bilan taʼminlagan.

Skechers
Turi biznes, korxona va ommaviy kompaniya
Tarmogʻi sport tovarlari
Qachon asos solingan 1992
Joylashuvi Manhattan Beach, Kalifornia, AQSH
Hududiy xizmati dunyo boʻylab
Asoschi(lari) Robert Greenberg
Rahbariyat

Robert Greenberg (rais va kompaniya asoschisi)

Michael Greenberg (president)
Mahsulot(lar)i обувь, одежда
Aylanma daromadi US$7.44 milliard (2022)
Operatsion foydasi US$546.7 million (2022)
Boyligi 2 393 670 000[1]
Sof foydasi 285 359 000[1]
Ishchilar soni 15,100 (2022)
Shoʻba korxonalari

Skechers Singapore Pte. LTD

Skechers International

Skechers Sport, LLC

Skechers EDC SPRL
Vebsayti [1]
Bosh qarorgoh, Manhattan Beach, Kaliforniya
160 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yurituvchi Skechers brendi xalqaro biznesidan tushgan daromadni yanada oshirdi.

Tarixi

tahrir

1983-yilda amerikalik Robert Greenberg oʻzining L. A. Gear poyabzal kompaniyasini ishga tushirgan. Dastlabki bir necha yil ichida kompaniya faoliyati shu qadar yaxshi ketayotgan ediki, AQShda L. A. Gear kompaniyasi Reebok va Nike kabi gigant kompaniyalar bilan ham raqobatlasha olgan. Ammo 1991-yilda ushbu kompaniya uchun qiyin davr boʻlgan va Robert Greenberg kompaniyani sotishga qaror qilgan.

100 million dollar daromadga erisha olgan Robert Greenberg yangi loyihani rejalashtirishni boshlagan. 1992-yilda oʻgʻli Michael Greenberg bilan birgalikda Skechers kompaniyasinini ochgan va yoshlarga sport poyabzallarii sotishga qaror qilgan. Robert Greenberg kompaniyaning bosh direktori, Michael esa kompaniyaninhg prezidenti edi. Skechers oyoq kiyimlari dastlabki faqatgina Macy, Nordstorm va Bloomingdale kabi magazinlardagina mavjud boʻlgan, keyinchalik kompaniya oʻzining jami 85 ta doʻkonini ochishga muvaffaq boʻlgan[4].

1995-yilda Skechersning ilk mono-brend doʻkoni Los-Anjelesda (LA) ochilgan. Keyinchalik, AQShning boshqa shaharlarida ham ushbu brendga qarashli doʻkonlar ochila boshlagan. Oradan yana bir necha yil oʻtgach, brend Ispaniya, Singapur, Avstraliyada ham mashhurlikka erishgan.

1998-yil kompaniya uchun juda muhim yil boʻldi. Aynan oʻsha yilda Skechers Sport – eng muvaffaqiyatli va moliyaviy jihatdan foydali boʻlgan sport poyabzallari tarmogʻi paydo boʻldi.

Skechers yoshlarga moʻljallangan Mark Nason, Michelee K, Ecko, 310 Motoring va Zoo York kabi bir qancha shoʻba korxonalariga ham ega[5].

Rivojlanishning asosiy bosqichlari[6]:

1992-yil – tovar belgisiga asos solingan.

1995-yil – Los-Anjelesda birinchi kontseptual doʻkonning ochilishi boʻlib oʻtgan, shuning assortimentlar safiga ayollar qatori ham qoʻshilgan.

1998-yil – Skechers Sport liniyasi bozorga chiqarilgan.

2001-yil – Britney Spears ishtirokida reklama ishlangan.

2003-yil – Christina Aguilera ishtirokida reklama ishlangan.

2004-yil – kompaniya Yevropa va Osiyo bozorlarida oʻz brendni ochiq targʻib qilish imkoniyatini qoʻlga kiritgan.

2005-yil – amerikalik qoʻshiqchi Kerri Andervud va hip-hop qoʻshiqchisi The Game ishtirokida 310 Motoring tarmogʻi boʻyicha Hurricane mahsuloti uchun reklama ishlangan.

2006-yil – 310 Motoring uchun Ashlee Simpson va Terrence Howard ishtirokida reklama ishlangan, shuningdek, ZOO YORK poyabzal kolleksiyasi taqdimoti boʻlib oʻtgan.

2007-yil – Cali Gear liniyasi ishga tushirilgan. Mashhur Amerika shou High School Musical pop qoʻshiqchi Jojo hamda aktrisalar Vanessa Hudgens va Ashley Tisdale ishtirokida Rhino Red brendlari uchun reklama ishlangan. Bundan tashqari, hip-hop qoʻshiqchisi Nas ishtirokidagi yangi 310 MotoringDisciple liniyasi uchun reklama ham ishlangan.

2008-yil – Shape Ups fitnes poyabzallarining birinchi liniyasi ishga tushirilgan.

2011-yil – Skechers fitnes poyabzallarining yangi liniyalari – SRR, Liv, Surge ishga tushirilgan, sportchilar (Wayne Gretzky, Joe Montana, Karl Malone) va shou-biznes yulduzlari (Kim Kardashian) uchun Shape Ups poyabzallarini saqlash boʻyicha reklamalarda ishtirok etgan.

2012-yil – GO sport poyabzalining yangi liniyasi ishga tushirilgan.

2012-yil – Skechers oʻzining 20 yilligini nishonlagan.

2014-yil – GO run 3/GOrun ride 3 sport poyabzallari assortimenti ishlab chiqarishni rivojlantirish ishlarini davom ettirgan.

2000-yilda brend mahsulotlari Rossiya bozoriga chiqarilgan.

Boshqaruv

tahrir

Bosh direktori – Robert Greenberg va kompaniyaning raisi – Maykl Greenberg.

Tovarlar

tahrir

Kompaniya ikkita alohida toifadagi poyabzallarni isteʼmolchilarga taklif etadi. Ular Skechers Memory Foam – kundalik kiyib yurish uchun ishlab chiqariladigan poyabzallar, Relaxed Fit – qulay turdagi poyabzallarini oʻz ichiga oluvchi liniya, shuningdek, Skechers GOrun va Skechers GOwalk mahsulotlarini ham oʻz ichiga oluvchi Performance liniyalari mavjud[2]. Skechers erkaklar, ayollar va bolalar uchun sport kiyimlarini ham ishlab chiqaradi. Litsenziyalash shartnomalari orqali kompaniya markali sumkalar, soatlar va koʻzoynaklar va qoʻshimcha tovarlarni ham taklif etadi. Skechers oʻz mahsulotlarini 160 dan ortiq mamlakatlarda, butun dunyo boʻylab 1710 dan ortiq doʻkonlarda sotadigan keng distribyutorlar tarmogʻiga ega.

Reklama faoliyati

tahrir

Skechers oʻz reklamalariga eng mashhur shaxslarni jalb etadi, masalan, qoʻshiqchi Meghan Trainor, teleboshlovchi Brooke Burke, model va aktrisa Kelly Brook, Janubiy Koreyaning EXO bolalar guruhi va Sistar qizlar guruhi, bokschi Sugar Rey Leonard, sobiq futbolchi Xoui Long, shuningdek, yuguruvchilar Meb Keflezighi va Kara Gutscher, golfchilar Matt Kuchar, Belen Mozo, Kolin Montgomeri, Billi Andrade Skechers Performance boʻlimi uchun reklamalarga tushishgan.

2001—2002-yillarda brendning yuzi qoʻshiqchi Britney Spears edi. Shartnoma muddati tugagach, Britneyning oʻrniga uning asosiy raqibi – Christina Aguilera kelgan. Christina bilan dastlab 18 oyga tuzilgan shartnoma keyinchalik yana olti oyga uzaytirilgan. Uning sharafiga X-Tina krossovkalari ham ishlab chiqarilgan.

2003—2004-yillarda basketbolchi Rick Fox va aktyor Jr Robert Downeylar Skechers reklamasida ishtirok etishgan. Bundan tashqari, aktyorlar Rob Lowe va Matt Dillon ham turli vaqtlarda brendning reklamalarida paydo boʻlishgan, shuningdek, The Black Eyed Peas, qoʻshiqchilar Ashlee Simpson, Carrie Underwood va Brendi ham brend reklamalarida ishtirok etishgan. Skechers Shape Ups modelining yuzi Kim Kardashian hisoblanadi.

Yoʻnalishlar

tahrir

Skechers brendining bir nechta asosiy yoʻnalishlari mavjud[5]:

Skechers Sport – eng istiqbolli va tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli liniya.

Skechers USA – kundalik kiyib yurish uchun moʻljallangan poyabzal ishlab chiqaruvchi liniya.

Skechers Active – havaskor sportchilar uchun ishlab chiqariladigan krossovkalar toʻplami.

Skechers Comfort

Skechers Outdoor – kuz-qish mavsumi uchun issiq etiklar ishlab chiqaruvchi liniya.

Something Else by Skechers – yosh qizlar uchun ishlab chiqariladigan poyabzal.

Skechers Kids – bolalar uchun ishlab chiqariladigan poyabzal turi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Tina Grant. Skechers USA, Inc. // International Directory of Company Histories. – ST JAMES Press, 2007. – S. 369—370. – 762 s. – ISBN 9781558625921.
  • Lewis D. Solomon. Alleviating Global Poverty: The Role of Private Enterprise. – Xlibris Corporation, 2014. – 175 s. – ISBN 9781503516885.

Havolalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 Ofitsialniy sayt SkechersAndoza:Недоступная ссылка
  3. „Skechers Strides Into Second Place in U.S. Sports Footwear Market“. The Wall Street Journal.. 2017-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  4. Laura Avery – Newsmakers 2003 Cumulation: The People Behind Today’s Headlines; Chief Executive Officer of Skechers USA, Inc; Gale Group, 2003, str. 210/694; ISBN 0787663913, ISBN 9780787663919
  5. 5,0 5,1 „Skechers U.S.A. (SKX)“. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-may.
  6. Ensiklopediya modi. Skechers[sayt ishlamaydi]