Skon
Vikilugʻatda скон nomli maqola mavjud. |
Skon (inglizcha: scone) — ingliz shirin pishiriqlarining umumiy nomi. Skonlar odatda choy bilan birga beriladi. Ular Angliyada (ayniqsa, mamlakatning janubi-gʻarbiy qismida), Shotlandiya va Kornuollda, shuningdek, Britaniyaning koʻplab sobiq koloniyalarida ommalashgan. Skon uchun, odatda, bugʻdoy uni ishlatiladi, lekin, baʼzida, boshqa un, masalan, joʻxori uni ishlatish mumkin. Odatda, pishiriqlarga koʻptiruvchi kukun qoʻshiladi. Ushbu pishiriqlar Kornuol yoki Devonshir choyxoʻrligining ajralmas qismidir.
Tarixi va tavsifi
tahrirDastlab skonlar oʻrtacha idishning oʻgʻzidek oʻlchamda yumaloq va yassi qilib pishirilgan. Ular xamirturushsiz suli unidan tayyorlanib, tovada pishirilgan, keyin uchburchak boʻlaklarga boʻlinib, dasturxonga tortilgan[1]. Bugungi kunda koʻpchilik bunaqa katta dumaloq nonni „obinon“ (inglizcha: bannock) va uning qismlarini — „skon“ deb ataydi. Shotlandiyada ikkala soʻz ham ishlatilishi mumkin.
Koʻptirish kukuni keng tarqalgach, skonlar pechda pishirila boshlandi. Zamonaviy skonlar Britaniya va Irlandiyaning koʻplab novvoyxonalarida, oziq-ovqat doʻkonlarida, restoranlarda va supermarketlarda mavjud, ammo aksar uy bekalari hali ham ularni uyda pishirishni afzal koʻrishadi.
Doʻkonlarda sotiladigan skonlar odatda yumaloq shaklga ega, ammo olti burchaklilari ham topiladi[2]. Uy sharoitida tayyorlangan pishiriqlar turli shakllarda boʻladi[3] va koʻpincha, noyob oilaviy retseptlardan tayyorlanadi. Koʻpincha, skonlarga mayiz qoʻshiladi. Mayizdan tashqari, boshqa talay qoʻshimchalardan foydalanish mumkin, ammo ichiga narsa toʻldirilmagan skon klassik hisoblanadi. Koʻpchilik skonlar oʻrtacha shirinlikda yoki chuchuk boʻlsa-da, piyoz yoki bekon solinadigan oʻtkirroq taʼmli turlari ham bor.
Sobiq koloniyalarda
tahrirAvstraliya
tahrirXamirga qaynatilgan qovoq pyuresini qoʻshib tayyorlangan qovoqli skonlar Avstraliyada yuqori martabali siyosatchining rafiqasi Florens Belke-Petersen[4] tufayli juda ommalashib ketgan va u oʻzining mashhur pazandalik kitobiga qovoqli pishiriqlar retseptini kiritgan. Bundan tashqari, Avstraliyada maydalangan xurmo qoqisi va tovada qovurilgan skonlar mavjud. Qovurilgan skonlar, odatda, sovuq oylarda tayyorlanadi. Ular „puftalun“ deb ataladi.
Yangi Zelandiya
tahrirYangi Zelandiyada pishloqli skonlar mashhur boʻlib, koʻpincha, kafelarda beriladi[5]. Biroq Edmondsning mashhur pazandalik kitobiga koʻra, bu mamlakatda skon tayyorlash uchun faqat un, koʻptirish kukuni, tuz, sariyogʻ va sut ishlatiladi. Skonlar Yangi Zelandiyada mashhur boʻlib, koʻpincha, „kiviana“ (Yangi Zelandiya madaniy merosining hazilomuz nomi) qismi sifatida qabul qilinadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Skoni s kolbasoy i sirom
- ↑ Food History. „"The History of Scones"“ (en) (2001-03-01. retrieved 2008-09-09.).
- ↑ Ovsyanie skoni
- ↑ „Best Scone Recipe, How To Make Scones“ (en). web.archive.org (2016-yil 7-may). 2016-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-avgust.
- ↑ „On the hunt for the best scones in town“ (en). Stuff (2013-yil 30-aprel). Qaraldi: 2020-yil 30-sentyabr.