Skreper
Skreper (ing. scrape — qirish) — 1) yer qazishtuproq surish mashinasi. Asosyy ish organi — kovsh. Yerni qatlam-qatlam qilib qazish, kovshni tuproqqa toʻldirib belgilangan joyga toʻkish, surish va tekislash uchun ishlatiladi. Traktorga tirkaladigan va oʻziyurar xillari bor. Asosan, yoʻl qurilishi va konchilikda ishlatiladi. S. kovshining hajmi 3–25 m³, grunt (tuproq)ni surish (tashish) masofasi 0,1–5 km. Konchilikda ishlatiladigan S. kovshining tubi va oldi ochiq boʻladi. S. chigʻir (lebyodka), sim arqon va yoʻnaltiruvchi roliklar yordamida harakatlanib, foydali qazilmani ortiladigan joyga suradi; 2) yer sirtida, yer ostida va suv tagida qazish, surish va tekislash ishlarini bajarishda qoʻllanadigan sim arqonliskreperli qurilmalarning ish organi — kovshi. S. chigʻir yordamida sim arqonlar va bloklar tizimi orqali harakatlantiriladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |