Sliven
Sliven — Bolgariyadagi shahar, StaraPlanina togʻlarining jan. etagida. Aholisi 100,6 ming kishi (2001). S. — mamlakatning kad. toʻkimachilik markazlaridan (1830-yildan). Mashinasozlik (stanoksozlik, avtomobil ehtiyot qismlari, elektrolampalar va boshqalar i.ch.), oziqovkat, oynashisha, mebel sanoati korxonalari bor. Gilam toʻqiladi. S. yaqinida Slivenski-Mineralni-Bani balneologik kurorti joylashgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |