Smolensk viloyatiRossiya Federatsiyasi tarkibidagi viloyat. Rossiya Yevropa kismining gʻarbida joylashgan. Markaziy federal okrugiga kiradi. 1937-yil25 sentabrda tashkil qilingan. Maydoni 49,8 ming km². Aholisi 1050,5 ming kishi (2002), asosan, ruslar (93,7%), shuningdek, belorus, ukrain va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 70,2%. Markazi – Smolensk shahri. Boshka yirik shaharlari–Roslavl, Vyazma. 25 maʼmuriy tuman, 15 shahar, 15 shaharchadan iborat.

Sv. Sharqiy Yevropa tekisligida, Dnepr va Gʻarbiy Dvina daryolarining yuqori oqimida, Volganing havzasida joylashgan. Kenglik boʻylab Smolensk qirlari, shimoli-sharqida Vyazma qirlari bor (eng baland joyi 319 m). Foydali qazilmalari: qoʻngʻir koʻmir, torf, fosforitlar, ohaktosh va boshqa qurilish materiallari. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning urtacha temperaturasi gʻarbida –8°, sharqida –10°. Iyulniki shimoligarbda 7°, janubigʻarbda 18°. Vegetatsiya davri 180 kun. Asosiy daryolari: Dnepr va uning irmoqlari Desna va Soj. Shimoli-gʻarbida koʻllar bor. Podzol va chimli podzol, daryolar havzalarida allyuvial tuproklar uchraydi. 40% hududi oʻrmonzor. Oʻrmonlarida boʻri, qoʻngʻir ayiq, los, qobon, tulki, olmaxon, oq quyon, suvsar va boshqa; qushlardan boyoʻgʻli, qorayaloq, karqur va boshqa; baliqlardan daryo va koʻllarida leshch, olabugʻa, choʻrtan va boshqa mavjud. Viloyat hududida Smolenskoye Poozerye milliy bogʻi bor.

Smolensk viloyatida sanoat rivojlangan va qishloq xoʻjaligi intensiv. Yirik elektr stansiyalari (Smolensk TETS2, Smolensk AES va boshqalar) ishlab turibdi.

Mashinasozlik (energetika jihozlari, avtomobil dizel, dvigatel va agregatlar, hisoblash texnika vositalari, sovitkichlar, yengil sanoat uchun elektr lampa jihozlari va boshqalar), kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Eng yirik korxonalari: "Izmeritel" aviazavodi, "ZIL" avtoagregat, "Aysberg" (uyroʻzgʻor sovitkichlari), "Kristall" (olmosga saykal berish, olmos asboblari), "Dvigatel" zavodlari; "Avangard", "Dorogobujkotlomash" (isitish krzonlari), "Minudobreniya" ishlab chiqarish birlashmalari, "Sharm" (trikotaj mahsulotlari) korxonasi.

Asosiy sanoat markazlari: Smolensk, Vyazma, Roslavl, Safonove Gagarin, Yarsevo shaharlari.

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi – chorvachilik, asosan, goʻshtsut chorvachiligi va choʻchqachilik, yilqichilik (chopqir zotlari), parrandachilik. Zigʻirkorlik, kartoshkachilik, sabzavotchilik muhim oʻrin egallaydi.

Temir yoʻli uzunligi 1258 km. Muhim temir yoʻl magistrallari Moskva–Smolensk–Minsk, Bryansk–Smolensk–Vitebsk. Yirik temir yoʻl tugunlari: Smolensk, Vyazma, Roslavl. Qattiq qoplamali avtomobil yoʻllari 8828 km, Moskva–Minsk avtomagistrali Smolenskdan 7 km naridan oʻtadi. Dneprda kemalar qatnaydi. 5 oliy oʻquv yurti (tibbiyot, pedagogika va jismoniy tarbiya institutlari, Moskva Energetika instituti, Timiryazev nomidagi Moskva Qishloq xoʻjaligi akademiyasi filiallari), 4 muzey [tasviriy va amaliy sanʼat, viloyat oʻlkashunoslik, tarixiy-badiiy muzeylari, Gagarindagi Yu.A.Gagarin muzeyi (kosmonavt tugʻilgan Klushino qishlogʻida)], 2 teatr, viloyat televideniyesi va radioeshittirish tahririyati faoliyat koʻrsatadi. 10 sanatoriy, 2 dam olish uyi bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Smolensk viloyati" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil