Soʻzoq svitasi
(So'zoq svitasidan yoʻnaltirildi)
Soʻzoq svitasi (Fargʻona vodiysidagi Soʻzoq qishlogʻi nomidan) — eotsen davriga mansub mahalliy yotqiziklar majmui. 1937-yilda ajratilgan. Oʻrta Osiyo jan. (Toshkent atrofi, Fargʻona vodiysi, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari, AfgʻonistonTojikiston depressiyalari)da keng tarqalgan regional svita. Yashil rangli gil, mergel, ayrim joylarda qizgʻish qumtosh, gips va dolomitlar qatlamchalaridan tarkib topgan. Qalinligi 10–90 m. Bu svitada erta eotsen davriga oid hayvon qoldiqlari mavjud. Seda sanoat mikiyosidagi neft Fargʻona botigʻida ochilgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |