Taslim boʻlish
(So'zsiz taslim bo'lishdan yoʻnaltirildi)
Taslim boʻlish, soʻzsiz taslim boʻlish, kapitulyatsiya — (xalqaro huqukda) — urushayotgan tomonlardan birining yengilganligiga iqror boʻlib, qarshilik koʻrsatishni toʻxtatishi va qurolni tashlashi. Taslim boʻlish kapitulyatsiya toʻgʻrisidagi hujjatni imzolash tarzida uzilkesil rasmiylashtiriladi. Odatda, bunda hamma qurolyarogʻlar, texnika, harbiy mulk gʻolibga oʻlja sifatida, shaxsiy tarkib esa — asirlar tarzida beriladi. Magʻlub tomon hech qanday shartlar, qoʻshimcha izohlarni oʻrtaga qoʻymay soʻzsiz Taslim boʻlish aktini imzolaydi (mas., 1945-yil fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning Taslim boʻlishi).
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |