Soʻk oshi
Soʻk oshi — suyuq taom. Qaynoq suvga soʻk (oqlangan tariq) solinib, 15—20 min. qaynatiladi. Soʻk pishishi oddidan tuz solinadi. Taom bir oz sovigach, qatiqlanadi (baʼzan mayda toʻgʻralgan piyoz qoʻshiladi). Soʻk oshi ilgari qoʻsh haydash, pichan oʻrish va boshqa qishloq xoʻjaligi. ishlari paytida koʻp isteʼmol etilgan. Hozir ham chanqoq bosdi taom tarzida tayyorlanadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |