Soʻlak
Soʻlak — soʻlak bezlarilan ishlanib chiqadigan tiniq yopishqoq suyuklik (sekret). S. yeyilgan ovqatni namlab ovqat luqmasi hosil boʻlishiga imkon beradi. Odam sulagi 99% suv va unda erigan organik hamda anorganik moddalardan iborat. Katga odamlarda bir kechakunduzda 1,5 l gacha S. ajraladi. S tarkibida mikroorganizmlar, leykotsitlar, fermentlardan amilaza, lizotsim, oqsillardan albumin, globulin, shuningdek, xolesterin, glyukoza va vitaminlar bor. Ovkat xili, organizmning fiziologik holati, kishi yoshiga qarab S. sifati va miqdori oʻzgaradi. S. ogʻiz boʻshligʻiga tushgan bakteriyalarni nobud qilish xususiyatiga ham ega.
Hayvonlar (mas, ilonlar) soʻlagida zaharli moddalar boʻlib, ular himoya va hujum qilish vositasi sifatida ishlatiladi. Toʻgarak chuvalchanglar, baʼzi qushlar soʻlagidagi shilliq moddalardan in qurishda yopishtirish uchun foydalaniladi. Keyinchalik hasharotlar, baʼzi mollyuskalar va umurtqalilar soʻlagida karboangidrazalar, baʼzi yirtqich boshoyoqlilar soʻlagida zaharlar va shilliqdan tashqari, proteazalar, nukleazalar (RNKaza, DNKaza) boʻladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |