Sobir Karimjonov ( 1928-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR ) — Oʻzbekiston SSR Avtomobil xoʻjaligi vazirligining Toshkent yoʻlovchi avtomobillari ishlab chiqarish birlashmasi 4-sonli avtobaza haydovchisi. Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974). O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi 10-chaqiriq deputati.

Sobir Karimjonov
Tavalludi 1928
Toshkent, Oʻzbekiston SSR

Biografiyasi

tahrir

1928-yilda Toshkent shahrida ishchilar oilasida tug‘iladi. U 1945-yil V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya zavodida (1960-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodi, 1973-yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi) ishlaydi. So‘ng haydovchilar kursini tamomlaydi. Keyinchalik u shoshilinch ravishda harbiy xizmat vazifasini o‘taydi.

.

Armiyadan keyin 1963-yil Toshkent shahridagi 4-sonli avtobus parkida haydovchi bo‘lib ishlagan. Chilonzor tumanida marshrut qatnovi bilan birga  konduktor vazifalarini yo‘lga qo‘yadi. Keyin Toshkentdagi 54-sonli marshrutni haydadi . Keyinchalik u haydovchilar brigadiri etib tayinlandi. U rahbarlik qilayotgan mehnat jamoasi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning yuksak madaniyati bilan ajralib turdi va O‘zbekiston SSR Avtomobil xo‘jaligi vazirligi tizimidagi transport korxonalari o‘rtasidagi sosialistik musobaqada yetakchi o‘rinlarni egalladi. Brigadaga “Kommunistik mehnat jamoasi” faxriy unvoni beriladi. Katta mehnat yutuqlari uchun Sakkizinchi besh yillik (1965—1970-yillarda) yakuniga ko‘ra Sobir Karimjonov Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlanadi .

Sobir Karimjonov brigadasi 1973-yilda qabul qilingan sosialistik majburiyat va to‘qqizinchi besh yillikning (1971—1975-yillarda) ishlab chiqarish rejalarini yo‘lovchi tashish bo‘yicha uch yilda muddatidan oldin bajaradi. So‘ng, SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1974-yil 23-yanvardagi farmoni bilan “O‘zbekiston xalqiga paxta, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotishni ko‘paytirishda erishgan katta muvaffaqiyatlari va o‘rim-yig‘im paytida ko‘rsatgan mehnat jasorati uchun unga Sosialistik Mehnat Qahramoni unvoni hamda  Lenin ordeni va "O‘roq va Bolg‘a” oltin medali bilan (16653-sonli) mukofotlanadi.

Sobir Karimjonov O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati (1981—1985) etib saylanadi[1] .

U Toshkentda istiqomat qiladi.  

Mukofotlari

Manbalar

tahrir

Adabiyot

tahrir

Havolalar

tahrir