Sobir Yunusovich Yunusov (1907.18.3 Toshkent 1995.29.11) - kimyogar olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1952). SSSR Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952). Mehnat Qahramoni (1969). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1935). Urush qatnashchisi (1941—43). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti alkaloidlar kimyosi laboratoriya mudiri (1943—87), ayni vaqtda institut direktori (1949—52), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitseprezidenti (1952—62). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti tashkilotchisi va direktori (1958—83), ilmiy konsultant (1983—86), faxriy direktori (1987-95), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi kimyo-texnologiya boʻlimi raisi (1986—87). Ilmiy ishlari tetragidroizoxinolin va fenantridin alkaloidlarini tadqiq qilish, yangi alkaloidlar tuzilishini aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish, oʻsimliklarda alkaloidlar hosil boʻlish mexanizmini, ularning oʻsish maydonlariga qarab yigʻilishi va toʻplanishi dinamikasini oʻrganishga oid.

Sobir Yunusov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-mart 1907-yil
Toshkent
Vafoti 29-noyabr 1995-yil(1995-11-29)
(88 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

YU. — Oʻzbekistonda alkaloidlar kimyosi maktabining asoschisi. Uning rahbarligida 4 mingdan ortiq oʻsimlik tadqiq qilinib, ularning yarmidan koʻprogʻida alkaloidlar mavjudligi aniqlandi, 1000 dan ortiq alkaloidlar ajratib olindi, sitizan, galantamin, papaverin, protopin kabi muhim alkaloidlarning 100 dan ortiq manbai topildi. Tibbiyot uchun amaliy ahamiyatga ega 20 ga yaqin birikma amaliyotga tavsiya etildi.

Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1967). Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2002). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻsimlik moddalari kimyosi institutiga uning nomi berilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Alkaloida, T., 1981.