Sobit ibn Qays ibn Shammas al-Horisiy al-Xazrajiy (arabcha: ثابت بن قيس بن شماس الحارثي الخزرجي) Muhammadning sahobalaridan[1] boʻlib, unga xizmat koʻrsatgan ansorlardan biri boʻlgan. Sobit ibn Qays Muhammadni oʻz shahrida xavfsiz boshpana bilan taʼminlagan va Islom dinini eng birinchilardan boʻlib qabul qilgan Madina ahlidan boʻlgan.

632-yilda Ridda urushlari boshida musulmonlarning Zu al-Qassadagi gʻalabasidan soʻng xalifa Abu Bakr Sobit ibn Qaysni ansoriylar qoʻshinlariga qoʻmondon etib tayinlagan. U, shuningdek, Xolid ibn al-Volidning umumiy qoʻmondonligi ostida xizmat qilgan[2]. Keyinchalik Buzaxada (632-yil) Tulayha va Aqroba boshchiligidagi Asad va Gʻatafon koʻchmanchilariga qarshi (633-yil) Musaylama qoʻl ostidagi oʻtroq Banu Hanifa qabilasiga qarshi janglarda ishtirok etgan. Aqrabada u Xolid ibn Validga koʻchmanchilarni oʻz qoʻshinlari tarkibidan chiqarib tashlashni tavsiya qilgan, chunki Banu Hanifa jangchilariga qarshi bir nechta muvaffaqiyatsiz janglarda aynan koʻchmanchilarni aybdor deb hisoblagan. Xolid ham Sobit ibn Qaysning bu maslahatini qabul qilgan va musulmonlar Musaylamaning qoʻshinini[3] magʻlub etib, uninh oʻzini oʻldirishgan.

Sobit ibn Qays esa Yamoma jangida halok boʻladi.

xitoylik musulmonlar Tang sulolasi davrida Sobit ibn Qaysni Xitoyga quruqlik orqali yetib borgan va Gʻarbiy Xitoyning Shinjon-Uygʻur muxtor rayonida Xitoyga Islom dinini targʻib qilishda ishtirok etgan deb hisoblashadi[4].

Oilasi

tahrir

Bir rivoyatda aytilishicha, Sobit ibn Qaysning xotini Jamila binti Abdulloh ibn Ubay ibn Salul undan ajrashishni soʻragan va shundan keyin Sobit xotini bilan ajrashgan.

Jannat vaʼdasi

tahrir

Islomiy manbalarga koʻra Sobit ibn Qaysga jannat vaʼda qilingani aytiladi.

Islom xatibi unvoni

tahrir

„Xatibi islom“ unvoni ilk bor paygʻambar Muhammadning vakili sifatida turli majlislarda qatnashgan Hazrati Sobit ibn Qays Ansoriy uchun ishlatilgan. U, shuningdek, „Xatibi al-ansor“ va „Rasuli karim“ unvonlari bilan ham mashhur boʻlgan[5].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir