Soch (moʻy, tuk, jun) — odamning bosh terisidan oʻsadigan ipsimon shox unum. Soch mayin, dagʻal, jingalak boʻladi. Sochning teri ustidagi qismi tola, teri ostidagi qismi esa ildiz deyiladi. Soch ildizi Soch xaltachasida joylashgan. Xaltachaga atrofidagi yog bezlarining yoʻli ochiladi. Xaltachaning ichki qinida Soch piyozchasi va soʻrgʻichi joylashgan. Soch soʻrgʻichida qon tomirlar va nervlar boʻladi. S, asosan, azot va oltingugurtga boy oqsilli shox modda — keratindan tashkil toptan. Soch rangi qora, malla, oqish boʻladi, bu, asosan, sochdagi pigmentlar miqdoriga bogʻliq. Yosh oʻtgan sayin sochdagi pigmentlar kamayib, u oqara boshlaydi (qarang Soch oqarishi). Sochda pigment mutlaqo boʻlmasa, u tugʻma oq boʻladi (qarang Albinizm). S, asosan, piyozchadan oʻsadi. Sochning oʻsishi organizmning umumiy ahvoliga, nerv va endokrin sistema holatiga, moddalar almashinuvi, ovqatlanish tarzi, shuningdek, uni parvarish qilishga bogʻliq. Sogʻlom Soch pishiq va elastik, jiloli boʻlib yiltirab turadi. Yuqori temperatura va ishqorlar (nashatir spirti, soda, kir sovun va boshqalar) taʼsirida Soch holati oʻzgaradi, u toʻkiluvchan va moʻrt boʻlib qoladi. Nerv va endokrin sistema faoliyatining oʻzgarishi va boshqa omillar taʼsirida yogʻ bezlari koʻgshab yogʻ ishlab chiqaradi, natijada Soch haddan ziyod yogli boʻlib ketadi. Turli kasalliklar yoki Sochni notoʻgʻri parvarish qilish (boshni botbot, ayniqsa, qattiq suv va ishqorli sovun bilan yuvish, Sochni teztez jingalak qilish) uning oʻsishiga zararli taʼsir etadi; u juda quruq, xira boʻlib qoladi va toʻkilib ketadi.

Soch kasalliklari. Yogʻ bezlari funksiyasining buzilishi Sochning oʻzgarishiga sabab boʻladi. Natijada bosh terisida mayda kepakka oʻxshash tangacha — qazgʻoq paydo boʻladi, bu koʻpincha seboreya kasalligida kuzatiladi. Soch toʻkilib, oʻrnidan yangi Soch chiqib turishining buzilish sabablari har xil; baʼzan Soch butunlay toʻkilib, kal boʻlib qolishi yoki, aksincha, Soch zoʻr berib oʻsishi mumkin. Bosh kiyimning ogʻir yoki tor boʻlishi, uzoq vaqt parik kiyibyurish, shuningdek, oftobda boshyalang yurish va boshqalar Soch toʻkilishiga sabab boʻladi. Qish kunlari boshyalang yurish yaramaydi, aks holda yuza tomirlar kisilib Soch oziqlanishi buziladi. Soch strukturasi va koʻrinishining oʻzgarishi terining zamburugʻ kasalliklarida (mikrosporiya, trixofitiya, kallik) ham kuzatiladi. Sochda kasallik paydo boʻlsa, albatta, vrachga murojaat qilish zarur.

Soch parvarishi. Sochlarni mustahkamlash uchun organizmning umumiy ahvolini yaxshilash, ochiq havoda koʻproq yurish, fizkultura, sport bilan shugʻullanish, ovqatlanish, uxlash tartibiga rioya qilish kerak.

Sochni yuvish. Yogʻli Sochni har haftada, quruq va normal Sochni har 10—14 kunda yumshoq suv bilan yuvish lozim. Agar yumshoq suv boʻlmasa, vodoprovod suvini kaynatib tindirib qoʻyish kerak; bunda tuzlar idish tagiga choʻkadi, keyin suvni boshqa idishga quyib olib ishlatiladi. Suvni yumshatish uchun bir litriga bir choy qoshiq ichimlik sodasi, bura yoki yarim choy qoshiq novshadil spirti qoʻshish mumkin. Boshga sovun tegizish yaramaydi, aks holda Soch moʻrt boʻlib qoladi, sovunni qoʻlda koʻpirtirib surtgan maʼqul. Sochga kirsovun ishlatish mumkin emaSoch Soch rangi, jilosi birday turishi uchun boshni yuvib boʻlgandan soʻng, bir litr suvga bir osh qoshiq moychechak (romashka) qoʻshib chayish kerak. Boshni issiq suv bilan yuvish lozim (suv temperaturasi 50—55° dan oshmasligi kerak). S quruqboʻlsa, yogʻli sovunlardan foydalangan maʼqul. Boshga qatiq yoki tuxum sarigʻini surtib roʻmol tangʻib qoʻyish, 5—10 min.dan keyin yuvib tashlash yaxshi naf beradi. Quruq Sochni yogʻliroq qilish maqsadida Sochga biror isitilgan oʻsimlik moyi (mas, kanakunjut moyi) surtish, maʼlum vaqt oʻtgandan keyin boshni yuvib, limon sharbati yoki bir litr suvga bir osh qoshiq sirka qoʻshib chayiladi. Yogʻli Sochni har qanday atir sovun, shampun yoki suyuq sovun bilan yuvsa boʻladi. Kishi keksayganda sochi moʻrt va toʻkiluvchan boʻlib qoladi; bunday gʻollarda bosh yuvishdan oldin unga tuxum sarigʻi va oʻsimlik moyi surtish, boshni roʻmol bilan tangʻib, yarim soatdan keyin sovunlab yuvish lozim. Oqargan Sochni sinkali suvda chayilsa, u jilolanib turadi. Sochni toʻgʻri tarashga odatlanish kerak; kalta Soch tagidan, uzun Soch esa uchidan taraladi. Toʻkiluvchan Sochni tarashda keng tishli taroq yoki soch choʻtkasi ishlatiladi, lekin hadeb chutka bilan tarash yaramaydi, u terini zararlashi mumkin. Boshni yengil massaj qilib turish yaxshi naf baradi. Har bir kishining alohida tarogʻi boʻlishi kerak.

Saidqosim Arifov.