Sodalit guruhi
Sodalit guruhi — silikatlar sinfiga mansub minerallar: sodalit ^[A18YU4]6S12, n o z ye a n NaJAlSiO^SO,, gayuin Na6Ca2[AlSiO4]6(SO4)2, lojuvard Na6Ca2[AlSiOJ6(SO4)S. Kristall tuzilishi Al2Si04Ning alyumokremniy kislorodlik sinchlaridan iborat, yirik boʻshliqlari (gʻovaklari) S1~ va SO4~ (baʼzan S2~) anionlari bilan, may da boʻshliqlarini esa, Na+ va Sa2+ toʻrtta ionlari bilan egallagan minerallardir. Kub singoniyada kristallanadi; rombdodekaedr (sodalit, lojuvard) va oktaedr (gayuin) shakllaridagi kristallar hosil qiladi; odatda, jinslarda donachalar holida uchraydi. Qattikligi 5,5—6; zichligi 2,3 g/sm³dan (lojuvard) —2,5 g/sm³gacha (gayuin). Rangi koʻk, havo rang (lojuvard, gayuin), sariq, och yashil, ok, yoki kulrang. S.g.dagi ayrim minerallar jins hosil qiluvchi minerallar hisoblanadi, mas, nefelinli siyenitlarda — sodalit; fonolitlar va boshqa ishqorli effuziv jinslarda — nozean va gayuin. Lojuvard bilan sodalit kontaktmetamorflashgan ohaktoshlarda ham hosil boʻladi. S.g minerallari xorijda Rossiya Federatsiyasi (Kola yarim orol, Ilmen togʻi, Baykal oldi), Ukraina, Tojikiston (Zarafshon togʻlarida), Vezuviy atrofi (Italiya jan.) va boshqa joylarda bor. Oʻzbekistonda esa, faqat lazurit topilgan. Sodalit va lazuritning koʻk turlari asl toshlar hisoblanadi. S.g. minerallari mineral boʻyoq sifatida, shuningdek, radioelektronika va televideniyeda ishlatiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |