Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya
Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya (inglizcha: Simple English Wikipedia) — Inglizcha Vikipediyani tushunishi mushkul boʻlgan foydalanuvchilar uchun moʻljallangan Vikipediya boʻlimi. Bu til boʻlimi bilan ishlash uchun ingliz tilining asosiy qoidalarini bilsa shuning oʻzi kifoya.
Web-manzil | simple.wikipedia.org |
---|---|
Interwiki | Bosh sahifa |
Asosiy boʻlim | jami 285 tilda |
Asos solingan sana | 2004-yil |
Maqolalar soni | 261 820 |
Egasi | Wikimedia |
Litsenziya | erkin |
Reklama | yoʻq |
Bu Vikipediya boʻlimi eng avval ingliz tilini yangidan oʻrganayapganlarga moʻljallangan boʻlib, dars yuzasidan foydalanishi mumkin. Shuningdek soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediya kichkina bolalarga uyga vazifasini bajarish uchun yoki qoʻshimcha maktabdaan tashqari oʻqishi uchun foydalidir[1]. Vikipediyaning bu boʻlimidagi maqolalar Inglizcha Vikipediyaning maqolalarining juda soddalashtirilgan va qisqartilgan naʼmunalari boʻlib hisoblanadi. Uning maqolalari Inglizcha Vikipediya bilan taqqoslaganda soʻzlarning kam miqdorini va soddalashtirilgan grammatikani foydalanadi. Shuningdek Vikipediyaning bu boʻlimi Inglizcha Vikipediyaga qaraganda boshqa maqsadlarni koʻzlaydi.
Vikipediyaning bu boʻlimining tashkil topishi qarshiliklarga duchor boʻldi — alohida „soddalashtirilgan ingliz tili“ yoʻq, biroq Vikipediya foydalanuvchilarining munozarasidan soʻng, bu boʻlimni yanada rivojlantirish uchun qaror qabul qilindi[2].
Hozirgi ahvoli
tahrir2024-yil 19-dekabr boʻyicha Soddalashtirilgan ingliz tilidagi Vikipediyada 261 820 maqolalar mavjud. 1 535 664 foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgan, ularning 1 607 nafari oxirgi oy ichida kamida bitta tahrir qilgan, 16 foydalanuvchi esa administrator. Jami tahrirlar soni — 9 930 611. Teranligi (bugun): 60
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Parris, Sheri R.. Adolescent Literacy, Field Tested: Effective Solutions for Every Classroom. International Reading Assoc., 2009 — 76-bet. ISBN 0872076954.
- ↑ meta:Proposals for closing projects/Closure of Simple English (2) Wikipedia(ingl.)