Sadegh Hedayat
(Sodiq Hidoyatdan yoʻnaltirildi)
Sadegh Hedayat (shuningdek, Sodiq Hidoyat; 17-fevral 1903-yil, Eron — 9-mart 1951-yil, Parij, Fransiya) — eronlik yozuvchi, filolog va jamoat arbobi. Tehron oʻquv yurtida, Belgiya va Fransiyada taʼlim olgan. Eron tarixi va xalq ogʻzaki ijodini, xorij adabiyotini oʻrgangan. Gogol, Mopassan, Chexov, Kafka ijodini toʻliq oʻrgangan. Oʻrta asrlar fors xalq ogʻzaki ijodi asarlarini zamonaviy fors tiliga tarjima qilgan. 1950-yilda Parijga ketib, oʻz ijodini oʻsha yerda davom ettirgan[1].
Sadegh Hedayat (Sodiq Hidoyat) | |
---|---|
صادق هدایت | |
Tavalludi |
17-fevral 1903-yil Eron |
Vafoti |
9-aprel 1951-yil (48 yoshda) Parij |
Fuqaroligi | Eron |
Millati | fors |
Sohasi | adabiyot |
Hikoyalar toʻplamlari:
tahrir- „Tirik koʻmilganlar“ (1930),
- „Uch qatra qon“ (1932),
- „Yorugʻlik soyasi“ (1933),
- „Alaviyya xonim“ (1933),
- „Koʻr boyqush“ (1937),
- „Boshpanasiz it“ (1942);
Pyesalari:
tahrirEsselari:
tahrir- „Umar Xayyom ruboiyoti“,
- „Inson va hayvon“, „Oʻlim“,
- „Eron sheʼriyatida yangi oqimlar“,
- „Kafka nomasi“,
- „Yevropada Islom missiyasi“.
Sadegh Hedayat asarlari dunyoning koʻplab tillariga tarjima qilingan. Qatagʻon paytida oʻz asarlarini yoqib yuborib, oʻz joniga qasd qilish natijasida vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „Sodiq Hidoyat (1903-1951; Eron)“. ziyouz.com. Qaraldi: 3-dekabr 2022-yil.