Faxriddin Sodiqov
Faxriddin Sodiqov (1914.13.6 — Toshkent — 1977.27.10) — sozanda, bastakor. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan sanʼat arbobi (1964). Toshkent musiqa texnikumini tugatgan (1931). Toshkent konservatoriyasida taʼlim olgan (1946—47, 195152). Oʻzbek musika anʼanalarini ^ M. Najmiddinov, Sh. Shoumarov, Abduqodir Ismoilov va boshqalardan oʻrgangan. Toshkent teatrlari va Oʻzbek davlat filarmoniyasida sozanda (192938). Dutorchi qizjuvonlar ansambli (1939), G. Raximova rahbarligidagi front konsert brigadasi (1942—45)da musika rahbari. Oʻzbekiston radiosi xalq cholgʻulari ansamblida changchi (1947—53, 1957—61), Oʻzbek estrada ansambli (1953—57), 1961-yildan Maqom ansamblining musiqa rahbari. Ayni paytda (1972-yildan) Toshkent konservatoriyasida pedagog (chang, dutor), maqom ansambli tashkilotchisi va rahbari boʻlib, maqom ansambli ijrochiligining yangi uslubini kashf etgan. Ansambl tarkibidagi barcha sozlarning ifodaviy, texnikaviy, dinamik imkoniyatlari, tembr xususiyatlaridan toʻlaqonli foydalanib, har bir asarning oʻziga xos "partiturasini" yaratgan.
S nodir ijroviy salohiyati va musika asarlari bilan milliy sanʼatimizning boyitilishiga katta ulush qoʻshdi. S. ijodidagi 400 ga yakin asarlaridan qoʻshiq, ashula, yalla va cholgʻu kuylar keng oʻrin olgan. "Vatan marshi", "Oʻzbekcha vals", "Gulnor", "Ishq" kabi cholgʻu kuylar, "Ey chehrasi tobonim", "Dutorim", "Yor bilib", "Bir goʻzal", "Zarafshon", "Toʻy muborak", "Gullar vodiysi", "Oʻzbekiston", "Shirmonoy", "Zarafshon", "Sulim bahor", "Xumor", "Laylomisansan" va boshqa vokal asarlari mashhur. V. Giyenko bilan "Ota oʻgʻli", S. Hayitboyev bilan "Saltanat larzada" kabi musiqali dramalar, "Yangi Toshkent" syuitasi (T. Toshmatov bilan)ni yozgan. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida S. nomidagi sozandalar ansambli bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |