Sofiya Vohidova
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Sofiya Ahmedovna Vohidova — Xalq maorifi a’lochisi, tarix fanlari doktori (1984), professor.
Sofiya Ahmedovna Vohidova | |
---|---|
Tavalludi |
1937-yil Toshkent viloyati Bekobod tumani |
Istiqomat joylari | Toshkent, Andijon |
Fuqaroligi | O‘zbekiston SSR, O‘zbekiston Respublikasi |
Kasbi | tarixchi olima |
Ish joylari | Andijon davlat pedagogika instituti (hozirgi Andijon davlat universiteti) |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) |
Ilmiy darajasi | tarix fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Tezis sarlavhasi | “O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlari madaniy texnika saviyasining o‘sishi (Andijon viloyati misolida)” (nomzodlik), “O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlarni madaniy va kasb-hunar saviyasini oshirish (1959—1975-yillar)” (doktorlik) |
Tarjimayi holi
tahrirSofiya Vohidova 1937-yilda Toshkent viloyatining Bekobod tumanida tavallud topgan. 1961-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakultetining jurnalistika bo‘limini tamomlagan[1].
Olima ish faoliyatini Andijon davlat pedagogika instituti (hozirgi Andijon davlat universiteti)dan boshlaydi. 1979-yildan 1993-yilgacha mazkur institutda kafedra mudiri lavozimida ishlab kelgan, 1980—1985-yillarda Andijon shahar Kengashiga deputat bo‘lgan[manba kerak].
Ilmiy faoliyati
tahrirOlima “O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlari madaniy texnika saviyasining o‘sishi (Andijon viloyati misolida)” mavzusidagi nomzodlik, “O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlarni madaniy va kasb-hunar saviyasini oshirish (1959—1975-yillar)”[2] mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Sofiya Vohidova o‘z ilmiy tadqiqotlarida qishloq infratuzilmasini o‘zgartirish muammolarini, qishloq aholisining, ayniqsa, yoshlarnimg madaniylik darajasini, kasb-hunar egallashdagi saviyasini ko‘tarish, turmush tarzini, urf-odatlarini zamonaviy hayot bilan bog‘lash kabi dolzarb muammolarni ko‘tarib chiqqan[manba kerak]. O‘z faoliyati davrida vazirlik, viloyat hokimligi, o‘zi faoliyat ko‘rsatgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan bir necha bor rag‘batlantirilgan.
Profesor Sofiya Vohidovaning ilmiy yo‘nalishi bir qancha sohalarni qamrab olgan. O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlarni madaniy va kasb-hunar hayot faoliyatini o‘rgangan, siyosatshunoslik asoslari yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatgan[3].
Asarlari
tahrirProfessor Sofiya Vohidova quyidagi ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlarni chop ettirgan:
1. O‘zbekiston kolxozchi-dehqonlari madaniy va professional texnika saviyasining o‘sishi (1959–1970-yillar). — Toshkent: Fan, 1975.
2. Qishloq mehnatkashlari madaniyati va mehnat malakasini oshirish masalalari. — Toshkent: Fan, 1977.
3. O‘zbekiston qishloq mehnatkashlari madaniyati va professional texnika saviyasining o‘sishi, 1966—1970-yillar. Toshkent: Fan, 1986.
Manbalar
tahrir- ↑ Ўзбекистон тарихчилари (библиографик маълумотнома), биринчи жилд. Тошкент: Fan va texnologiya, 2012. — 71-bet.
- ↑ Вахидова С.А. Рост культурного и профессионально-технического уровня колхозного крестьянства Узбекистана в условиях развитого социализма (1966-1975): диссертация ... доктора исторических наук: 07.00.02, Ташкент, 1984 — 371-bet.
- ↑ Вахидова С.А. Повышение культурного и профессионально-технического уровня колхозного крестьянства Узбекистана, 1966-1975 гг. Ташкент: Фан, 1986. — 117-bet.