Sohibi
Sohibi — Oʻrta Osiyoda xalq seleksiyasida yaratilgan xoʻraki uzum navi. Sharqiy ekologikgeografik navlar guruhiga kiradi. Oʻzbekiston (Fargʻona vodiysi, Toshkent va Samarqand viloyatlarida koʻproq), Armaniston, Turkmaniston, Iroq, Turkiya, Hindistonda oʻstiriladi. Tupi tez usadi. Bargi keng, toʻgarak. Guli ikki jinsli. Uzum boshi tigʻiz, 450—500 g, gʻujumi yirik (boʻyi 22, eni 19 mm) tuxumsimon, toʻq qizil, poʻsti yupqa, yaltiroq, rangi chiroyli, karsildoq. Tarkibida 22% qand, 4,2 g/l kislota bor. Hosili oʻrtacha 150 kunda, avgust Oxiri — sentabrda toʻliq pishadi. Hosildorligi 170—180 s/ga. Kul, ragʻa kasalliklariga chidami oʻrtacha. Yangiligida isteʼmol etiladi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |