"SOHIBQIRON" — oʻzbek xalq dostoni. Oʻgay onalar tuhmati bilan chaqaloqligidayoq ota-onasidan ajratilgan egizaklar taqdiri haqidagi dostonlar turkumi ("Qironxon", "Oyparcha", "Odilxon", "Choryor", "Zorliq bilan Mungliq" va boshqalar)ga kiradi. "S."da farzandsizlik tufayli chekilgan ohu zorlar, kundoshlarning moldunyo orttirish yoʻlidagi gʻarazli niyatlari, qabixdiklari, shohning adolatsiz hukmi, Boʻtakoʻzning zindonda azob tortishi, egizaklar taqdiri, sarguzashtlari va hokazo fantastik hodisalar bilan uygʻunlikda ifodalangan. Unda muhim ijtimoiy, maʼnaviyaxloqiy masalalar, omma ongiga oson yetib boradigan uslubda bayon kilingan. "S." dagiga oʻxshash syujet boshqa xalqlar yozma adabiyotiga ham oʻtgan (A. S. Pushkinning "Shoh Sulton, ulik malika va yetti bahodir haqida ertak" asari).

Nashri: Sohibqiron, Doston, T., 1964.