Sohibqironiya saroyi
Sohibqironiya saroyi — Eronning Tehron shahrida joylashgan. Hijriy 1267-yil (milodiy 1850-yil) Nosuriddinshoh buyrugʻi bilan barpo etilgan. Qasrda Eron va Yevropa meʼmorchilik usullarini kuzatish mumkin. Undagi oynakorlik bezaklari, portretlar, keng vestibyullar, goʻzal zinalar mazkur tarixiy binoni haqiqiy sanʼat asariga aylantiradi. Saroyning birinchi qavatida hovuz ham mavjuddir. Ikkinchi qavatdagi Jahonnamo hamda Oyna zallari alohida eʼtiborga loyiqdir. Tehrondagi eng shimoliy qismi Darband mahallasida joylashgan Saʼdobod saroyi hozirda muzey sifatida faoliyat olib boradi va 110 gektar yer maydonini egallaydi. Saroy Qojarlar hukmronligi davrida yozgi saroy vazifasini oʻtagan. Saʼdobod saroyi oʻz tarkibida bir nechta saroylarni birlashtiradi. Uzoq yillar davomida ushbu saroylar shohlar tomonidan turli maqsadlarda foydalanib kelingan. Eron Islom Respublikasi tashkil etilgach, saroy majmuasi muzeyga aylantirilgan. Hozirda ushbu saroy mamlakatning turli burchaklaridan hamda xorijiy mamlakatlardan kelgan sayyohlarning sevimli makonlariga aylantirilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 76-77-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.