Sokol (ital. zoccolo) — 1) bino, inshoot devorining, ustun, haykal va boshqalarning pastki qalinlashgan qismi; poydevoryait davomi, yaʼni yer sirtidan chiqib turadigan qismi. S. pishiq gʻisht, beton yoki temir-beton bloklardan ishlanadi. Binoga alohida koʻrk berish maqsadida granit, marmar va boshqa materiallar bilan qoplanadi; 2) elektrotexnika va radiotexnika d a — elektron yoki ion asboblar — choʻgʻlanma lampalar, lyuminessent lampalar, elektron lampalarning pastki konstruktiv qismi. Lampani patron, lampa paneli (korpusi)ga oʻrnatish va lampa ichida joylashgan elementlar (choʻgʻlanma simlar, elektrodlar)ni tashqi elektr zanjiriga ulash uchun xizmat qiladi.