Nikolay Petrovich Sokolov (1899, Tula gubernyasi — 1971, Andijon) — genetik olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), professor (1958). Oʻrta Osiyo universitetini tugatgach (1924), biologiya kafedrasida assistent (1924—28), dotsent (1928—32), Oʻzbekiston eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti biologiya boʻlimi mudiri (1932—56), Andijon tibbiyot instituti umumiy biologiya kafedrasi mudiri (1956—58), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1958—69). Ilmiy ishlari exinokokk biologiyasi va Oʻzbekistonda bezgak kasalligiga qarshi biologik kurash usullariga oid.

Manbalar

tahrir
  • Gambuzii i ix rol v borbe s malyariyey, T., 1939; Exinkokkovie zabolevaniya i ix profilaktika na novix zemlyax osvoyeniya, T., 1959; Nasledstvennie bolezni cheloveka. T., 1965.