Sokotra — Hind okeanidagi orollar guruhi (eng katta oroli — Sokotra), Gvardafuy burnidan sharkda. Yaman Respublikasi hududi. Maydoni 3,6 ming km². Kristall jinslardan tuzilgan. Eng baland joyi 150 m. Iqlimi tropik, quruq iqlim; oʻrtacha temperaturasi yanvarda 21°, iyunda 28°. Yillik yogʻin 250–300 mm. Chala choʻl oʻsimliklari oʻsadi, togʻlarda kserofil daraxtzorlar bor. Xurmo daraxti oʻstiriladi. Aholi chorvachilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Bosh shahri — Xadibu.