Soli Saidovich Qiyamov (1985-yil 13-martda tugʻilgan, Buxoro, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik sportchi, jangovar sambo boʻyicha sport ustasi, 2010-yil (Tojikiston) va 2013-yil (Turkmaniston) Markaziy Osiyo chempionati kumush medali sovrindori, 2012-yilda sambo boʻyicha Osiyo chempioni. 2015-yilda Tailandda oʻtkazilgan Jahon jang oʻyinlari chempioni, professional muaytay boʻyicha 2015-yilgi Jahon chempioni, Jahon jang oʻyinlarining bronza medali sovrindori (AQSh), 2018-yilgi Osiyo chempionati bronza medali sovrindori (Bishkek).

Soli Qiyomov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Taxallusi/Laqabi jaguar
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 13-mart 1985-yil (1985-03-13) (39 yosh)
Buxoro Viloyati,Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 166 sm
Vazni 60 kg
Sport
Qaysi sport Yunon rum kurashi

Hayoti

tahrir

1985-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 7 yoshida katta akasi (erkin kurash boʻyicha sport ustasi) uni murabbiy Xalimov Latif bilan erkin kurash boʻyicha mashgʻulotlarga olib borgan. Erkin kurash boʻyicha sport ustasi boʻlib, Buxoro shahridagi universitetga oʻqishga qabul qilingan. Shundan soʻng u murabbiy Gʻiyosov Timur bilan qoʻl jangi bilan shugʻullana boshlaydi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari va fuqarolar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro turnir chempionatida ishtirok etgan. Soʻngra jangovar samboga yoʻl oldi, u yerda Hamidov Farhoddan kikboksing va muaytay yoʻnalishlari boʻyicha shugʻullangan. Solii kikboksing boʻyicha respublika chempioni va sport ustasi Hisoblanadi.

     

Manbalar

tahrir