Solix Ibn Muhammad Hondaxoniy
Solix Ibn Muhammad Hondaxoniy Hirotda tugʻilgan[1]. Buxoroda tabobat bilan shugʻullangan. U oʻz asarlarida „Tuxvat al Shoista“ (Muvofiq sovgʻa) va „Tuxvat al Maʼlumiy“ (Gunohsizlarga sovgʻa) asarlarida bola organizmi xususiyatlari haqida toʻliq xarakteristika bergan.
1994 yilda A. A. Qodirov oʻz fikrlarini bayon etganda, tabib Solix ibn Muhammad Hondaxoriy birinchi pediatr boʻlgan deb taʼkidlagan. Xorazmlik tabib Jafar xoʻja Xazaraspiy „Tabobat ilmlarining toʻplamasi“ kitobida yuqumli kasalliklar, aynan qizilcha kasalligi haqidagi savollarga toʻxtalgan.
PEDIATRIYA FANI
tahrirPediatriya juda yosh fan va uning boshlanishi, XIX asr ortalariga to'g'ri keladi. Parijda birinchi bo'lib, 1802 yilda bolalar kasalxonasi ochilgan. Keyinchalik shunga o'xshash tibbiyot muassasalari Olmoniya, Vena, Berlinda ochilgan. XIX asrning ikkinchi yarimlarida shunga o'xshash pediatriya davolash markazlari Amerikada, Angliya, Italiya, Shvetsiya va Skandinaviyada ochilgan. XIX asr o'rtalarigacha Rossiyada va boshqa xorij davlatlarida, tibbiyot oliygohlari talabalari akusherlik predmetini organish bilan birga, chaqaloq bola va bir yoshgacha bo'lgan bola tarbiyasi haqida o'rganishgan. 1831 - 1847 yillarda akusher - ginekolog Stepan Fomich Xatovisskiy tibbiy - xirurgiya akademiyasi talabalariga pediatriya to'liq kursi bo'yicha ma'ruza o'qigan.
1847 yilda Rossiyada S. F. Xatovisskiy birinchi boʻlib, „Pediatriya“ boʻyicha original oʻquv qoʻllanma chiqargan, shuning uchun u birinchi rus pediatri hisoblanadi. XIX asrning oxiri XX asr boshlarida Rossiyada pediatriyaning rivojlanish davri boshlandi. Uning rivojida F. N. Filatov va N. P. Gundobin katta xissa qoʻshgan.
- ↑ Daminov. T.A , Xalmatova B.T , Boboyeva U.R. BOLALAR KASALLIKLARI, Toshkent, 2012.