Sologamiya
Sologamiya (inglizcha: Sologamy) — bu odamning oʻzi bilan oʻzi nikoh qurishi[1]. Ushbu amaliyot tarafdorlari, bunday nikoh shaxsning oʻz qadr-qimmatini tasdiqlaydi va baxtli hayotga olib keladi, deb hisoblashadi[2][3][4].
Ushbu nikoh uchun marosim oddiy nikohlardagi kabi shaklga ega — u mehmonlarni tantanali kutib olish, shirinliklar va tabriklardan iborat. Sologamiya 21-asrda, ayniqsa badavlat ayollar orasida keng tarqalmoqda. 2014-yil holatiga koʻra, Kiotodagi sayyohlik agentligi baʼzilari allaqachon turmushga chiqqan, lekin birinchi nikohida toʻy marosimi boʻlmagan ayollar uchun mustaqil nikoh qurish xizmatlarini taklif qilgan. 2014-yilda britaniyalik fotograf Greys Gelderning (Grace Gelder) va 2017-yilda italiyalik fitnes-trener Laura Mesining (Laura Mesi) mustaqil nikohi haqidagi xabar keng tarqaldi[5][6].
Madaniyatda
tahrir- „Namunali erkak № 2“ badiiy filmida transgender model All oʻzi bilan nikoh quradi.
- Chris Morris (satirist) "Jam“ teleserialida oʻrta yoshli erkak oʻziga uylanadi.
- „Xor“ teleserialida Syu Silvestr qahramoni oʻziga turmushga chiqadi.
- „Katta shaharda ishqiy munosabatlar“ teleserialidagi Kerri Bredshou qahramoni ham oʻziga turmushga chiqadi.
- „Sobiq“ teleserialining 4-mavsumida Xolli Franklin qahramoni oʻzi bilan nikoh qurishga qaror qiladi.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Berg-Cross, Linda, et al. „Single professional women: A global phenomenon challenges and opportunities.“ Journal of International Womenʼs Studies 5.5 (2013): 34-59.
- ↑ DePaulo, Bella. „Beyond Self-Love: What Marrying Yourself is Really All About“ (14-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2017-yil.
- ↑ „About Self-Marriage“. Self Marriage Ceremonies. Qaraldi: 1-avgust 2013-yil.
- ↑ Cagen, Sasha. Quirkyalone: A Manifesto for Uncompromising Romantics. New York: HarperSanFrancisco, 2004. ISBN 9780060578985.
- ↑ Gelder, Grace; Cunard, Nick. „I married myself“ (4-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2017-yil.
- ↑ Bort, Ryan. „What Is Self-Marriage? Italian Woman Weds Herself in Lavish Ceremony“ (27-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 25-dekabr 2017-yil.
Adabiyotlar
tahrir- Goin’ Solo: A Study on Singlehood and Views on ʻSologamy’ in the Contemporary Philippine Society[sayt ishlamaydi]., Diliman, 2018.(ingl.) С. 13.
- Tali, D. Why growing numbers are saying 'yes' to themselves // BBC News, 2017, December 22.(ingl.)
- Berg-Cross, L. Single Professional Women (Wayback Machine saytida 14-avgust 2019-yil sanasida arxivlangan) // Journal of International Women’s Studies, 5 (5) 2004, 34-59. (ingl.) С. 35.
- Hermans, H. Self-Marriage: An Institutionalized Form of Self-Love. // H. Hermans, Society in the Self: A theory of Identity in Democracy (pp. 31–33). New York: Oxford University Press, 2018. (ingl.)