Solyarigraf (lot. Solaris — quyoshga doir va ...graf) — Quyosh radiatsiyasini qayd qilib boradigan asbob. Quyosh nurlarini qabul qilib oladigan termoelektr asbob — solyarimetr va oʻzi avtomatik tarzda qayd qiluvchi qism — galvanografdan iborat. Solyarimetr Quyoshning harakatiga monand ravishda burilib turadi, qayd qiluvchi qism esa qoʻzgʻalmaydi. S. Quyosh va Quyosh sistemasidagi sayyoralarni oʻrganishda qoʻllanadi.