Sombatxey
Sombatxey ( veng.: Szombathely ['sombɒt.hɛj ], nemischa: Steinamanger , slovencha: Sombotel, slovak. Kamenec) — Vengriya g‘arbidagi shahar bo‘lib, mamlakatdagi eng qadimgi shahar sanaladi. Vash okrugining maʼmuriy markazi. Aholisi – (2014) 77 566[1] nafar kishidan iborat.
Sombatxey | |
---|---|
47°14′0″N 16°38′0″E / 47.23333°N 16.63333°E | |
Hukumat | |
• mer | Tivadar Pushkash |
Maydon | 97.52 km2 (37.65 kv mi) |
Telefon kodi |
(+36) 94 kenglik = |
|
Geografiya va transporti
tahrirSombatxey Gʻarbiy Dunayorti o‘lkasida, Budapeshtdan 220 kilometr g‘arbda va Avstriya bilan chegarasidan 10 kilometr sharqda joylashgan. Shahar orqali Budapesht — Sekeshfexervar — Sombatxey — Gras temir yo‘li o‘tadi. Budapeshtga poyezdda borishga taxminan 4 soat ketadi. Yo‘llar shahardan janubdan E66 Sekeshfexervar — Gras avtobaniga va shimoldan Shopron va Vena tomonga olib boradi. Shahardan ikkita kichik daryo — Perint va Dyondyosh oqib o‘tadi.
Etimologiya
tahrirShaharning vengercha nomi veng.: Szombat - shanba va veng.: hely — ushbu joy har shanba kuni shaharda o‘tkaziladigan mashhur yarmarkalarga borib taqaladi. Nemischa nomi nemischa: Steinamanger so‘zma-so‘z "daladagi toshlar" deb tarjima qilinadi va Rimning Savariya shahri xarobalari yoki shaharni butunlay vayron qilgan 458 yilgi zilzilani nazarda tutishi mumkin. Lotincha nomi lotincha: Savaria Sibarisdan,rumcha atamasi Dyondyosh daryosi nomidan kelib chiqqan.
.
Tarixi
tahrirSombatxey - Vengriyadagi eng qadimgi shahar. Unga eramizlan avvalgi 45-yilda Savariya nomi ostida rimliklar tomonidan asos solingan va u Pannoniyaning poytaxti edi. Shaharda imperator qarorgohi, hammom va amfiteatr qurilgan. Bo‘lajak imperator Septimiy Sever Pannoniyani boshqargan va Savariya hukmdori deb eʼlon qilingan.
Shaharning gullagan davri Buyuk Konstantin hukmronligi davri edi, u o‘zi Savariyaga bir necha bor tashrif buyurgan. Shaharda yangi inshoatlar, teatrlar, cherkovlar barpo etilgan. Baʼzi bir taxminlarga ko‘ra, avliyo Martin Turskiy shu yerda tug‘ilgan (boshqa taxminga ko‘ra, bu Pannonxalmada sodir bo‘lgan). Valentinian III hukmronligi davrida xunlar Pannoniyani bosib olishgan. Savariya esa 445-yilda qamalga olingan. 458-yilda Savariya kuchli zilzila oqibatida yer bilan yakson bo‘lgan[2].
V—VIII asrlarda hech narsaga qaramay shahar aholisi yashagan, unda slavan va avar qabilalari makon topgan. Buyuk Karl tomonidan mag‘lubiyatga uchragach, u franklar, IX asr oxirida esa moraviyaliklar hukmronligi ostiga o‘tgan. X asrda sobiq Pannoniya vengerlar tomonidan qamal etilgan. 1009-yilda avliyo Ishtvan I Sombatxeyni Dyorning yangi tashkil etilgan yeparxiyasi tarkibiga kiritdi. 1242-yilda shahar mo‘g‘ullar tomonidan vayron qilingan, ammo u tezda tiklangan va 1407-yilda ozod qirollik shahri maqomini olgan. 1578-yilda Sombatxey Vash komitatining poytaxti bo‘lgan[3].
Usmonlilar istilosi paytida shahar ikki marta turklar tomonidan qamal qilingan. Birinchi marta 1664-yilda turklar Sentgottxard yaqinida avstriyaliklar tomonidan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin chekinishga majbur bo‘ldilar. 1683-yilda Vena jangidagi mag‘lubiyatdan so‘ng, turklar chekinish paytida ko‘plab shaharlarni talon-toroj qilishdi, ammo bu safar Sombatxey qalʼa devorlarini saqlanib qolgan.
XVIII boshlari shahar falokat ichida qoladi. Ferents Rakochi qo‘zg‘oloni paytida Szombatxey bir necha bor qarama-qarshi tomonda jang olib borishadi, 1710-yilda 2 mingdan ortiq aholi o‘latdan vafot etgan va 1716-yilda shaharning ko‘pgina binolarini yong‘in vayron qilgan. Tabiiy ofatlar aholining kuchli qisqarishiga olib keldi, bu esa Sombatxeyga yangi mustamlakachilarning, asosan nemislarning kirib kelishiga sabab bo‘ldi. Tez orada nemislar shahar aholisining asosiy qismini egallay boshladilar.
1772-yilda gimnaziya qurildi, besh yildan so‘ng Sombatxey episkop qarorgohiga aylandi, shundan so‘ng u tez surʼatda rivojlana bordi. Bu yerda sobor, yepiskop saroyi va ko‘plab yangi inshoatlar barpo etiladi. 1809-yilda shahar Napoleon tomonidan bosib olinadi va 110 kun davomida qamalda ushlab turiladi. 1849-yilgi inqilobda Sombatxey qo‘zg‘olonchilarni qo‘llab-quvvatladi, ammo shahar atrofida hech qanday harbiy harakatlar bo‘lmaydi. 1865-yilda shaharga temir yo‘l kirib keladi, 1885-yilda bir nechta qo‘shni qishloqlar rivojlanayotgan shaharga tarkibiga qo‘shildi.
Birinchi jahon urushidan keyin Vengriya o‘z hududining katta qismini boy berdi va Sombatxey chegaradagi shaharga aylandi. Ikkinchi jahon urushida, Vengriyaning ko‘pgina shaharlari singari, Sombatxey ham kuchli bombardimon ostida qolgan. Shahar 1945-yil 29-martda 3-Ukraina fronti qo‘shinlari tomonidan ozod qilingan. Urushdan keyingi davrda shahar sanoatlashgan, unda bir qator to‘qimachilik, mashinasozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari barpo etilgan.
Shaharning “YoshkarOla” tumanlaridan biri vengerlar bilan bog‘liq bo‘lgan mari xalqining poytaxti bo‘lgan qardosh shahar Yoshkar-Ola nomi bilan atalgan. O‘z navbatida, Yoshkar-Ola tumanlarining biri "Sombatxey" deb yuritiladi.
Manbalar
tahrir- ↑ Ежегодное издание «Административная Венгрия», Центральное Статистическое Бюро, 2014.
- ↑ Gregory of Tours, Historia Francorum, I, 36
- ↑ "Europe Hungary Szombathely Dominican church of Saint Martin"