Somon yoʻli elchilari

oʻzbek yozuvchisi Tohir Malik qalamiga mansub qissa

„Somon yoʻli elchilari“oʻzbek yozuvchisi Tohir Malik qalamiga mansub ilmiy-fantastik qissa. Muallif bu qissani 1978-yil yozgan. Asar kitob sifatida ilk bor 1979-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. „Somon yoʻli elchilari“ muallifning ikkinchi yirik qissasidir. Asar rus tiliga tarjima qilingan.[1]

Somon yoʻli elchilari
Muallif(lar) Tohir Malik
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i qissa
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1979
Sahifalar soni 128

Asarda arxeolog Davronning qazishma ishlari davrida boshidan oʻtkazgan kechinmalari haqida hikoya qilinadi. Davron qazishma ishlari olib borayotib oltin haykalchalar topadi. Bu buyumlar yordamida yerliklar oʻzga sayyoraliklar bilan oʻtmishda aloqada boʻlgani yoki yoʻqligini aniqlashga urinadi.

Asarni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Shamsi Odil – muharrir, T. Shumskaya – rassom, E. Valiyev – rasmlar muharriri, L. Burkina – texnik muharrir, S. Saydalimov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Boʻlimlari tahrir

  • „Muqaddima“
  • „Vakil“
  • „Umidsizlik“
  • „Qaltis hazilmi“
  • „Yangi avlod“
  • „Burgaga achchiq qilib“
  • „Meros“
  • „Uloq“
  • „Xotima“

Manbalar tahrir

  1. „Somon yoʻli elchilari“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 7-noyabr.