Song Boxuan (talaffuzi: Sun Bosyaun) (1989-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Henan Jianye“ jamoasida oʻynaydi.

Song Boxuan
宋博轩
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Song Boxuan
Tavallud sanasi 16-sentyabr 1989-yil (1989-09-16) (34 yosh)
Tavallud joyi Tianjin, Xitoy
Boʻyi 1.76 m (5 ft 9.3 in)
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Henan Jianye
Raqami 22
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2007 Tianjin Locomotive
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2009 Tianjin Locomotive
2010—2013 Shanghai Shenhua 74 (5)
2014—2017 Beijing Guoan 60 (2)
2018—2019 Tianjin Quanjian 6 (0)
2020- Henan Jianye 9 (0)
Milliy terma jamoa
2010—2012 Xitoy U-23
2015 Xitoy 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (15-iyul 2017-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

Futbolchilik faoliyatini uchinchi divizion vakili „Tianjin Lokomotiv“ jamoasida boshlagan Song Boxuan yuqori toifadagi „Shanhai Shenhua“ tomonidan kuzatib borilgan va u oxir-oqibat 2010-yil liga mavsumi boshida jamoadoshi Feng Renliang bilan jamoaga qoʻshilgan[1]. U oʻsha paytdagi murabbiy Miroslav Blaževich tomonidan darhol jamoaning birinchi chap qanot himoyachisi sifatida tanlangan va debyutini 2010-yilning 23-martida Changsha Gindega qarshi liga oʻyinida oʻtkazgan va oʻyin 2:0 hisobidagi magʻlubiyat bilan yakunlangan[2]. Magʻlubiyatga qaramay, Song jamoadagi oʻz oʻrnini saqlab qolgan va u butun mavsum davomida maydonga tushush uchun koʻp imkoniyat berilgan. Jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylanib ulgurgan Song 2010-yil 24-oktyabrda „Shaanxi Renhe“ga qarshi liga oʻyinida klub uchun oʻzining birinchi golini urgan[3].

2014-yilning 3-yanvarida Song Xitoy Superligasi vakili Beijing Guoanga oʻtgan[4]. U klubdagi debyutini 2014-yilning 7-aprelida Guangzhou R&Fga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U klubdagi ilk golini 2014-yilning 11-aprelida Guizhou Renhega qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan. U 2014-yildan 2017-yilgacha Superligada 120 ta oʻyinda 60 ta oʻyinni oʻtkazib yuborgan[5].

Song 2017-yilgi mavsumdan keyin oʻzining tugʻilgan shahri „Tianjin Teda“ klubi bilan bogʻlangan[6]. 2018-yilning 26-fevralida u Xitoy Superligasidagi „Tianjin Teda“ning shahardagi raqibi „Tianjin Quanjian“ga oʻtgan[7]. U 2018-yilning 10-mart kuni „Beijing Renhe“ga 2:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda, 67-daqiqada Vang Xiaolong oʻrniga maydonga tushgan[8].

Xalqaro faoliyati tahrir

"Shanhai Shenhua" bilan ajoyib startdan soʻng, Song Xitoyning 23 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga 2010-yilgi Osiyo oʻyinlarida qatnashish uchun chaqirilgan va u musobaqada Xitoyning uchta guruh oʻyinlarida maydonga tushgan. Song Xitoy terma jamoasiga 2015-yilning iyun oyida 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida jarohat olgan Yu Xay oʻrniga chaqirilgan[9]. U 2015-yilning 16-iyunida Butanga qarshi safarda 6:0 hisobida gʻalabaga erishilgan oʻyinning 70-daqiqada Gao Lin oʻrniga maydonga tushgan[10].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Tianjin Locomotive 2008 Xitoy Ikkinchi Ligasi - - -
2009 - - -
Jami 0 0 0 0 0 0
Shanghai Shenhua 2010 Xitoy Super Ligasi 25 1 - - - 25 1
2011 7 0 0 0 1 0 - 8 0
2012 17 3 0 0 - - 17 3
2013 25 1 1 0 - - 26 1
Jami 74 5 1 0 1 0 0 0 76 5
Beijing Guoan 2014 Xitoy Super Ligasi 13 1 0 0 4 0 - 17 1
2015 16 0 0 0 8 1 - 24 1
2016 10 0 3 0 - - 13 0
2017 21 1 2 0 - - 23 1
Jami 60 2 5 0 12 1 0 0 77 3
Tianjin Quanjian 2018 Xitoy Super Ligasi 1 0 0 0 0 0 - 1 0
2019 5 0 2 0 - - 7 0
Jami 6 0 2 0 0 0 0 0 8 0
Henan Jianye 2020 Xitoy Super Ligasi 9 0 0 0 - - 9 0
Karyerada jami 149 7 8 0 13 1 0 0 170 8

Manbalar tahrir

  1. „申花引进三位潜力小将 二人已经通过体测“. Espnstar.com.cn (10-yanvar 2010-yil). 1-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  2. „比赛结果 长沙金德2-0上海申花“. Csldata.sports.sohu.com (27-mart 2010-yil). Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  3. „比赛结果 上海申花3-2陕西中建“. Csldata.sports.sohu.com (24-oktabr 2010-yil). Qaraldi: 9-aprel 2012-yil.
  4. 国安官方宣布内援第2签 宋博轩签3年飞迪拜会合 at sports.sina.com 2014-01-16 Retrieved 2014-01-17
  5. „宋博轩曾伤病不断走入低谷 战恒大他完美归来“. Tencent (10-iyul 2017-yil). Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  6. „泰达十几主力离队,K联赛金靴接近加盟,宋博轩或来投“. Netease (2017-yil 20-dekabr). Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  7. „权健官宣多名新援:宋博轩+3名U23加盟“. sohu (2018-yil 26-fevral). Qaraldi: 27-fevral 2018-yil.
  8. „中超-帕托补时破门难救主 权健1-2负人和双线连败“. sina (10-mart 2018-yil). Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  9. „于海受伤无缘世预赛战不丹 宋博轩入替首进国足“. Netease (2-iyun 2015-yil). Qaraldi: 30-mart 2018-yil.
  10. „世预赛-杨旭戴帽于大宝两球 国足首战6-0不丹“. sina (16-iyun 2015-yil). Qaraldi: 30-mart 2018-yil.