Songkran
Songkran – sanskrit tilidagi saṅkrānti (yoki aniqrogʻi, meṣa saṅkrānti) soʻzidan olingan atama. Bu atama Bangladesh, Tailand, Laos, Kambodja, Myanma, Shri Lanka, Hindistonning shimoli-sharqiy qismlari, Vetnam va Xishuangbanna, Xitoyda nishonlanadigan anʼanaviy Yangi yil bayrami sifatida qoʻllaniladi[1][2]. Quyosh va yulduzlar harakatiga koʻra, bayram festivali zodiakning birinchi belgisi boʻlgan qoʻy burjida, yilning 13-aprelidan boshlanadi[3]. Bu Janubiy Osiyoning aksariyat qismlarida Mesha Sankranti deb ataladigan hind taqvimiga asoslangan yangi yil festivali.
Songkran bayramlari anʼanaviy Yangi yil festivalini nishonlaydigan koʻplab mamlakatlar va hududlarda turli xil urf-odatlarni oʻz ichiga oladi |
Bayramni nomlashda ko‘plab boshqa nomlar qo‘llaniladi. Masalan, Tailandda Songkran, Shri-Lankada Aluth Avurudda, Myanmada Thingyan, Hindistonning shimoli-sharqida Sangken, Bangladeshda Sangrai, Kambojada Choul Chnam Thmey, Laosda Pi Mai Lao hamda Xitoy va Shimoliy Vetnamning ayrim hududlarida Pōshuǐ jié deb ataladi.
Songkran Yangi yil festivallari
tahrirOsiyodan boshqa hududlar nishonladigan songkran
tahrirAvstraliya
tahrirSongkran bayrami mamlakatning koʻplab hududlarida oʻtkaziladi. Eng kuchli ahamiyatga ega bayramlardan biri Sidney chekkasida, Yangi Janubiy Uelsning Leumeah shahridagi Wat Pa Buddharangsee buddistlar ibodatxonasida nishonalanadi. Festival har yili minglab insonlarni oʻziga jalb qiladi. Festival davomida suv jangi, kundalik ibodatlar, raqs tomoshalari hamda Tailand, Bangladesh (CHT), Birma, Kambodja, Laos, Shri-Lanka va Malayziya taomlari bilan bezatilgan dasturxon tuzaladi[6][7]. 2014-yilda bayramga 2000 dan ortiq kishi tashrif buyurgan[8]. Xuddi shu shahar atrofidagi Mahamakut Buddist jamgʻarmasi qoʻshiq aytish, duo qilish, qisqa vaʼz, oziq-ovqat yigʻish orqali Janubi-Sharqiy Osiyo anʼanaviy raqslaridan iborat Songkran bayramini tashkillashtiradi[9]. Keng miqyosdagi Tailand Yangi yilini (Songkran) nishonlash festivali Sidneyning Tai Town shahrida, Yangi Janubiy Uelsning Haymarket shaharchasidagi mashhur sayyohlik markazida oʻtkaziladi[10]. Singal (Shri-Lanka) Yangi yil festivali har yili Viktoriya shtatining Dandenong shahrida oʻtkaziladi[11]. 2011-yilda bayramga 5000 dan ortiq odam tashrif buyurgan va Melburndagi eng yirik Singal Yangi yil festivali sifatida qayd etilgan[12]. Qirolicha Viktoriya Marketi 2017-yil aprel oyining boshida Tailand Yangi yilini nishonlash uchun ikki kunlik Songkran festivalini oʻtkazdi[13]. Tailand, Kambodja, Laos, Birma va Shri-Lanka Yangi yil festivallarini nishonlaydigan Songkran bayramlari kambodjaliklar, laosliklar va tailandlarning asosiy aholisi yashaydigan Yangi Janubiy Uelsning Kabramatta shahrida yashovchilar orasida keng tanilgan va mashhurdir[14]. Ibodatxonalar va tashkilotlar shahar boʻylab bayramlarni oʻtkazadilar[15][16].
Ameria Qoʻshma Shtatlari
tahrirSongkran bayramlari koʻpincha Shri-Lanka, Tailand, Birma, Laos va Kambodja aholisi yashaydigan shaharlarda oʻtkaziladi. UW Khmer talabalar uyushmasi Sietldagi Vashington universitetida yangi yil bayramini oʻtkazadi. Kambodja Yangi yil koʻcha festivali Sietldagi Golden House Bakery & Deli’da boʻlib oʻtadi[17]. Kaliforniyaning Pasadena shahridagi buddist Vixara Shri-Lankaning Yangi yili taqvimiga eʼtibor qaratgan holda Songkran festivalini nishonlaydi. Kaliforniyaning Azusa shahridagi Brahma Vixara ham Birma Yangi yil bayramini keng koʻlamda tashkillashtiradi[18]. Xalqaro Laos Yangi Yil festivali har yili San-Franciscoda oʻtkaziladi va Laos Yangi yilini boshqa Osiyo xalqlari, jumladan Tailand, Kambodja, Birma, Shri-Lanka va janubiy Xitoyning Dailari ham shu festival davomida oʻz yangi yil bayramlarini kutib oladilar[19]. 2015-yil fevral oyida Vashingtondagi Freer and Sackler galereyasi qoʻy yilini nishonlash uchun Yangi yili tadbirini oʻtkazgan, u ham boshqa koʻplab Osiyo mamlakatlari uchun aprel oyining oʻrtalarida boʻladigan Yangi yil festivali hisoblanadi. Unda Xitoy, Koreya, Moʻgʻuliston, Shri-Lanka va ikki yangi yil bayramidan birini nishonlaydigan boshqa Osiyo davlatlarining urf-odatlari amalga oshiriladi[20]. Xuddi shunday tadbir 2016-yilda Sietlda Sharqiy Osiyo oy taqvimiga koʻra nishonlanadigan Yangi yil bayrami oʻtkazildi, ammo „Yil boʻyi yangi yil“ koʻrgazmasining bir qismi sifatida Laosdagi Yangi yil urf-odatlariga alohida eʼtibor qaratilgan[21].
Manbalar
tahrir- ↑ „制造传统 关于傣族泼水节及其相关新年话语的研究“. Open Times (2010-yil fevral). 2017-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-yanvar.
- ↑ „Donald K. Swearer The Buddhist World of Southeast Asia“. Ahandfulofleaves.org. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „The Origins of the Songkran Festival“. 2016-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 16-yanvar.
- ↑ Planet. „The Dai water-splashing festival: where China meets Southeast Asia“. Lonely Planet (2011-yil 21-mart). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „Sawatdee Pee Mai (Happy New Year) to all our devoted wet readers - Pattaya Daily News“. 2016-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyun.
- ↑ „Songkran - Sth East Asian New Year Fete - Travel Blog“. Travelblog.org. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „Celebrate: Songkran“. Sbs.com.au (2015-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ Partridge, Amanda. „Buddhists celebrate New Year“. Daily Telegraph (2014-yil 28-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „Mahamakut Ragawithayalai Foundation - Wat Pa Buddharangsee Buddhist Forest Monastery“. Mahamakut.org.au. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „Sydney Haymarket & China Brochure“. Haymarketchamber.org.au. 2019-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „Home“ (en). Greater Dandenong Council. Qaraldi: 2022-yil 6-aprel.
- ↑ „Sinhalese New Year“. Dandenong.starcommunity.com.au (2011-yil 20-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „Thai Songkran New Year Festival - City of Melbourne“ (2017-yil 26-mart). 2017-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ Thang Ngo. „Lao, Khmer, Thai New Year 2013 in Sydney“. Noodlies.com (2013-yil 14-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „Lao New Year Festival 2015 - AMUST“. Amust.com.au (2015-yil 29-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „New Leaf“. Newleafcommunitites.com.au (2017). 2019-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ ago. „April Marks The New Year For Southeast Asians“. Ethnicseattle.com (2016-yil 12-aprel). 2019-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
- ↑ „Wisdom Quarterly: American Buddhist Journal: Happy Southeast Asian Buddhist New Year!“. Wisdomquarterly.blogspot.com (2013-yil 13-aprel). Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „International Lao New Year Festival - About ILNYF“. 2017-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-yanvar.
- ↑ „Celebrate the Lunar New Year at Freer-Sackler“. Bento.si.edu. 2017-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.
- ↑ „Family Programs > Wing Luke Museum“ (2017-yil 2-yanvar). 2017-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-yanvar.