Soniy, shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy (1950, Doʻha) — Qatar davlat arbobi. Buyuk Britaniyadagi Sanderxest harbiy bilim yurtinitugatgan (1971). Generalmayor. 1971 yildan harakatlanuvchi batalon komandiri, soʻng qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni. 1977 y. 31 mayda valiaxd shahzoda deb eʼlon qilingan va mudofaa vaziri etib tayinlangan. Keyinchalik Rejalashtirish oliy majlisi raisi. 1979—91 yillarda Yoshlarga gʻamxoʻrlik qilish qoʻmitasi raisi. 1995 yildan Qatar Davlati amiri.